Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oltiariqsoy

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 141–142-b. — ziyouz.com

    Oltiariqsoy — Farğona viloyatidagi soy. Şohimardonsoyning çap tar-moği. Uz. 30 km. Vodil qişloği yonida Şohimardonsoydan ajralib çiqib, ğarbiy yönalişda adirlar ortidagi tekislik böylab oqadi. Yöl-yölakay Çimyon va Xonqiz qişloqlaridan bir qança buloklar suvi kelib qöşiladi. Örtaça yillik suv sarfi 1,2 m3/sek. Farğona va Oltiariq tumanlarining ekin maydonlarini suğoradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОЛТИАРИҚСОЙ — Фарғона вилоятидаги сой. Шоҳимардонсойнинг чап тар-моғи. Уз. 30 км. Водил қишлоғи ёнида Шоҳимардонсойдан ажралиб чиқиб, ғарбий йўналишда адирлар ортидаги текислик бўйлаб оқади. Йўл-йўлакай Чимён ва Хонқиз қишлоқларидан бир қанча булоклар суви келиб қўшилади. Ўртача йиллик сув сарфи 1,2 м3/сек. Фарғона ва Олтиариқ туманларининг экин майдонларини суғоради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.