Ominaxon Ergaşevna Omonova
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 173-b. — ziyouz.com
Omonova Ominaxon Ergaşevna (1957.21.8, Andijon tumani) — Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi (1995). Andijon ped. in-tini tugatgan (1977). 1977 y.dan Andijon ş.dagi 27-maktabda tarix öqituvçisi, 2001 y.dan Andijon q.x. in-ti qoşidagi Kuygan-yor akademik litseyida huquqşunoslik fani öqituvçisi. Yoş avlodga bilim berişda turli metodik qöllanmalardan foydalanadi. Maktabda fan kabineti taşkil etib, zamonaviy öquv qurollari b-n jihozlagan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОМОНОВА Оминахон Эргашевна (1957.21.8, Андижон тумани) — Ўзбекистон Республикаси халқ ўқитувчиси (1995). Андижон пед. ин-тини тугатган (1977). 1977 й.дан Андижон ш.даги 27-мактабда тарих ўқитувчиси, 2001 й.дан Андижон қ.х. ин-ти қошидаги Куйган-ёр академик лицейида ҳуқуқшунослик фани ўқитувчиси. Ёш авлодга билим беришда турли методик қўлланмалардан фойдаланади. Мактабда фан кабинети ташкил этиб, замонавий ўқув қуроллари б-н жиҳозлаган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.