Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oqböyra

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 307-b. — ziyouz.com

    Oqböyra — Farğona vodiysining jan.-şarqidagi daryo. Kiçik Olay tizmasining suvayirğiç qismidan boşlanadi. Uz. 70 km. Havzasining mayd. 2676 km2. Öş ş.dan şim.da tarmoklarga ajraladi. Tekislikka çiqqunça 60 km masofada çuqur darada oqadi. Qor va muz suvidan töyinadi. Örtaça yillik suv sarfi 21,1 m3/sek., oqim moduli 7,9 l/sek, km2. Iyun — iyul oylarida yillik suvining 16,6—17,7% oqib ötadi. O.dan Öş viloyati tumanlari va Andijon viloyatining Xöjao-bod tumani yerlari suğoriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОҚБЎЙРА — Фарғона водийсининг жан.-шарқидаги дарё. Кичик Олай тизмасининг сувайирғич қисмидан бошланади. Уз. 70 км. Ҳавзасининг майд. 2676 км2. Ўш ш.дан шим.да тармокларга ажралади. Текисликка чиққунча 60 км масофада чуқур дарада оқади. Қор ва муз сувидан тўйинади. Ўртача йиллик сув сарфи 21,1 м3/сек., оқим модули 7,9 л/сек, км2. Июнь — июль ойларида йиллик сувининг 16,6—17,7% оқиб ўтади. О.дан Ўш вилояти туманлари ва Андижон вилоятининг Хўжао-бод тумани ерлари суғорилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.