Oqdaryo suv ombori
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 307–308-b. — ziyouz.com
Oqdaryo suv ombori - Samarqand viloyatida, Zarafşonning Oqdaryo tarmoği örta oqimida Orziköl qişloği yaqinida barpo etilgan gidrotexnika inşooti. 1989 y.da foydalanişga topşirilgan. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Töliq hajmi 131,8 mln.m3, töğonning maksimal bal. 20,0 m, suv ötkaziş imkoniyati 70 m3/s. Samarkand viloyatining Iştixon va Navoiy viloyatining Xatirçi tumanlaridagi ekinzorlar suv ta'minotini yaxşilaş va yangi yerlarni özlaştiriş imkoniyatini beradi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОҚДАРЁ СУВ ОМБОРИ - Самарқанд вилоятида, Зарафшоннинг Оқдарё тармоғи ўрта оқимида Орзикўл қишлоғи яқинида барпо этилган гидротехника иншооти. 1989 й.да фойдаланишга топширилган. Дарё сувини мавсумий тартибга солади. Тўлиқ ҳажми 131,8 млн.м3, тўғоннинг максимал бал. 20,0 м, сув ўтказиш имконияти 70 м3/с. Самарканд вилоятининг Иштихон ва Навоий вилоятининг Хатирчи туманларидаги экинзорлар сув таъминотини яхшилаш ва янги ерларни ўзлаштириш имкониятини беради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.