Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oqşiyroq

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 326–327-b. — ziyouz.com

    Oqşiyroq — Tyanşandagi toğ massivi, Qirğizistonda. Jan.-ğarbdan şim.-şarqqa tomon çözilgan va Norin daryosi b-n Sarijaz daryosi havzasi örtasida suvayirğiç. Uz. 50 km. 3 parallel tizmadan iborat. Eng baland joyi 5126 m. Metamorfik slanets, ohaktoş, granitlardan tarkib topgan. Tyanşandagi muhim muzlik markazi. Umumiy mayd. 439 km2; 59 muzlikdan eng kattasi Petrov muzligi bölib, Norin daryosi şu yerdan boşlanadi. Baland toğ-subnival va glyatsial-nival landşaftlar asosiy örin tutadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОҚШИЙРОҚ — Тяньшандаги тоғ массиви, Қирғизистонда. Жан.-ғарбдан шим.-шарққа томон чўзилган ва Норин дарёси б-н Сарижаз дарёси ҳавзаси ўртасида сувайирғич. Уз. 50 км. 3 параллел тизмадан иборат. Энг баланд жойи 5126 м. Метаморфик сланец, оҳактош, гранитлардан таркиб топган. Тяньшандаги муҳим музлик маркази. Умумий майд. 439 км2; 59 музликдан энг каттаси Петров музлиги бўлиб, Норин дарёси шу ердан бошланади. Баланд тоғ-субнивал ва гляциал-нивал ландшафтлар асосий ўрин тутади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.