Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oqsoy

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 319-b. — ziyouz.com

    Oqsoy — Samarqand viloyatidagi soy. Zarafşon tizmasidagi Qoratepa toğining şim. yon bağridan boşlanib, şim.-şarqqa oqadi. Uz. 26 km, havzasining mayd. 25,6 km2. Boş qismida Eriköl deb ataladi. Islomtepa yaqinida Qoradaryoga kuyiladi. Örtaça yillik suv sarfi 0,31 m3/sek., oqim moduli 12 l/sek, km2. Suvning asosiy qismi erta bahorda ötadi. Bahor va yoz boşlarida soydan sel keladi. O. vodiysida yaylovlar bor.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОҚСОЙ — Самарқанд вилоятидаги сой. Зарафшон тизмасидаги Қоратепа тоғининг шим. ён бағридан бошланиб, шим.-шарққа оқади. Уз. 26 км, ҳавзасининг майд. 25,6 км2. Бош қисмида Эрикўл деб аталади. Исломтепа яқинида Қорадарёга куйилади. Ўртача йиллик сув сарфи 0,31 м3/сек., оқим модули 12 л/сек, км2. Сувнинг асосий қисми эрта баҳорда ўтади. Баҳор ва ёз бошларида сойдан сел келади. О. водийсида яйловлар бор.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.