Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oranjereya

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 200-b. — ziyouz.com

    Oranjereya (frans. orange — apelsin) — muayyan joy iklimining oçiq havosida rivojlana olmaydigan ösimliklarni östiriş va saqlaş uçun möljallangan oynavand bino, unda zarur namlik, harorat va yoruğlik şaroiti yaratiladi. Özbekiston şaroitida köçatlar, sitrus, rezavor mevali ösimliklar, gullar va b.ni qişda östiriş uçun ham, köpinça, O.dan foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОРАНЖЕРЕЯ (франц. orange — апельсин) — муайян жой иклимининг очиқ ҳавосида ривожлана олмайдиган ўсимликларни ўстириш ва сақлаш учун мўлжалланган ойнаванд бино, унда зарур намлик, ҳарорат ва ёруғлик шароити яратилади. Ўзбекистон шароитида кўчатлар, цитрус, резавор мевали ўсимликлар, гуллар ва б.ни қишда ўстириш учун ҳам, кўпинча, О.дан фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.