Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oromo tili

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 230-b. — ziyouz.com

    Oromo tili — kuşit tillarining biri. Efiopiyaning markaziy va şarqiy hududlarida hamda Şim. Keniyada tarqalgan, 8 mln.dan ortiq kişi sözlaşadi. Laqjalari şim. (tulama, borana va b.) va jan. (bararetta, uata va b.) guruhlarga bölinadi. Efiop alifbosi asosida yozuvi 1977 y.da joriy etilgan. O.t.da davriy matbuot çop etiladi, boşlanğiç maktablarda öqiş-öqitiş işlari amalga oşiriladi, radioeşittirişlar olib boriladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОРОМО ТИЛИ — кушит тилларининг бири. Эфиопиянинг марказий ва шарқий ҳудудларида ҳамда Шим. Кенияда тарқалган, 8 млн.дан ортиқ киши сўзлашади. Лақжалари шим. (тулама, борана ва б.) ва жан. (бараретта, уата ва б.) гуруҳларга бўлинади. Эфиоп алифбоси асосида ёзуви 1977 й.да жорий этилган. О.т.да даврий матбуот чоп этилади, бошланғич мактабларда ўқиш-ўқитиш ишлари амалга оширилади, радиоэшиттиришлар олиб борилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.