Öroqqanotlilar
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 157-b. — ziyouz.com
Öroqqanotlilar — şom kapalaklari oilasi. Qanotlari yoyilganida 20—40 mm, keng; oddingi qanotlarining uçki qismi çöziq va öroqsimon egilgan (nomi şundan): Tanasi ingiçka, xartumi kiçik yoki bölmaydi. 800 ga yaqin turi bor; asosan, Şarqiy yarim şarning tropik va subtropik qismida tarqalgan. Özbekistonda 10 ga yaqin turi uçraydi. Qurtlarining tanasi siyrak tuklar bilan qoplagan; qorinoyoqlari 4 juft; daraxtlar va butalar bargi bilan oziqlanadi. Barglardagi pilla içida ğumbakka aylanadi. Yilda 2 avlodi rivojlanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЎРОҚҚАНОТЛИЛАР — шом капалаклари оиласи. Қанотлари ёйилганида 20—40 мм, кенг; оддинги қанотларининг учки қисми чўзиқ ва ўроқсимон эгилган (номи шундан): Танаси ингичка, хартуми кичик ёки бўлмайди. 800 га яқин тури бор; асосан, Шарқий ярим шарнинг тропик ва субтропик қисмида тарқалган. Ўзбекистонда 10 га яқин тури учрайди. Қуртларининг танаси сийрак туклар билан қоплаган; қориноёқлари 4 жуфт; дарахтлар ва буталар барги билан озиқланади. Барглардаги пилла ичида ғумбакка айланади. Йилда 2 авлоди ривожланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.