Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Orqa Olay tizmasi

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 238-b. — ziyouz.com

    Orqa Olay tizmasi - Pomirning şim.dagi toğ tizmasi, Olay vodiysini jan.dan örab turadi. Asosan, Qirğiziston va Tojikiston çegarasida. Uz. 240 km, eng baland joyi 7134 m. Slanets, ohaktoş, qumtoş va konglomeratlardan tarkib topgan. Şim. yon bağri uzunroq. Yon bağirlarining quyi qismida toğdaşt va toğ-ötloq ösimliklari ösadi, balandrokda — abadiy qor va muzliklar yotadi (1436 km2). O.o.t.dagi Qizilort dovoni (4280 m) orqali Öş — Xoruğ avtomobil trakti ötgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОРҚА ОЛАЙ ТИЗМАСИ - Помирнинг шим.даги тоғ тизмаси, Олай водийсини жан.дан ўраб туради. Асосан, Қирғизистон ва Тожикистон чегарасида. Уз. 240 км, энг баланд жойи 7134 м. Сланец, оҳактош, қумтош ва конгломератлардан таркиб топган. Шим. ён бағри узунроқ. Ён бағирларининг қуйи қисмида тоғдашт ва тоғ-ўтлоқ ўсимликлари ўсади, баландрокда — абадий қор ва музликлар ётади (1436 км2). О.о.т.даги Қизилорт довони (4280 м) орқали Ўш — Хоруғ автомобиль тракти ўтган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.