Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Osma vodiy

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 250-b. — ziyouz.com

    Osma vodiy — boşqa vodiyga, dengiz yoki köl qirğoğiga jarlik hosil qilib tik tuşgan vodiy. O.v. suv oqimi yoki muzlikning çuqurlatiş eroziyasi boşqa vodiydagi çuqurlatiş eroziyasidan yoki köl va dengizlardagi tölqin eroziyasidan sekin röy berganda hosil böladi, şuningdek, eroziya bazasining yoki dengiz va köl suv sathining keskin özgarişi, tektonik harakatlar yemirilayotgan toğ jinslari litologik tarkibining har xilligi natijasida ham vujudga keladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОСМА ВОДИЙ — бошқа водийга, денгиз ёки кўл қирғоғига жарлик ҳосил қилиб тик тушган водий. О.в. сув оқими ёки музликнинг чуқурлатиш эрозияси бошқа водийдаги чуқурлатиш эрозиясидан ёки кўл ва денгизлардаги тўлқин эрозиясидан секин рўй берганда ҳосил бўлади, шунингдек, эрозия базасининг ёки денгиз ва кўл сув сатҳининг кескин ўзгариши, тектоник ҳаракатлар емирилаётган тоғ жинслари литологик таркибининг ҳар хиллиги натижасида ҳам вужудга келади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.