Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Ost-Indiya

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 260-b. — ziyouz.com

    Ost-Indiya (ing. East Indies — Şar-kiy Hindiston) — Hindiston hamda Jan. va Jan.-Şarqiy Osiyodagi ba'zi mamlakatlar hududlarining yevropaliklar örtasidagi eski nomi. Vest-Indiya terminining aksi sifatida vujudga kelgan. Öşa vaqtlarda Ameri-kaning Karib dengizidagi X. Kolumb kaşf qilgan orollarini «Hindiston» deb hisoblagan yevropaliklar şarqqa tomon sayohat qilib, haqiqiy Hindistonni topgaç, uni O.-I. deb atadilar. Angliya, Gollandiya va Fransiya Ost-Indiya kompaniyalarining mustamlakaçilik faoliyatlari natijasida O.-I. nomi uzoq vaqt saklanib keldi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОСТ-ИНДИЯ (инг. East Indies — Шар-кий Ҳиндистон) — Ҳиндистон ҳамда Жан. ва Жан.-Шарқий Осиёдаги баъзи мамлакатлар ҳудудларининг европаликлар ўртасидаги эски номи. Вест-Индия терминининг акси сифатида вужудга келган. Ўша вақтларда Амери-канинг Кариб денгизидаги X. Колумб кашф қилган оролларини «Ҳиндистон» деб ҳисоблаган европаликлар шарққа томон саёҳат қилиб, ҳақиқий Ҳиндистонни топгач, уни О.-И. деб атадилар. Англия, Голландия ва Франция Ост-Индия компанияларининг мустамлакачилик фаолиятлари натижасида О.-И. номи узоқ вақт сакланиб келди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.