Otgon I
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 281-b. — ziyouz.com
Otgon I (Otto) (912-973) - german qiroli (936 y.dan), «Muqaddas Rim imperiyasi» imperatori (962 y.dan); saksoniya sulolasidan. Şim. va Örta Italiyani zabt etib, imperiyaga asos solgan. Gersoglarni tobe etib, yepiskop hamda abbatlarga suyangan holda kirollik hokimiyatini mustahkamlagan. Lex jangida (955) vengerlarni mağlubiyatga uçratib, ularni ğarbga qilgan hujumlarini töxtatgan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОТГОН I (Otto) (912-973) - герман қироли (936 й.дан), «Муқаддас Рим империяси» императори (962 й.дан); саксония сулоласидан. Шим. ва Ўрта Италияни забт этиб, империяга асос солган. Герцогларни тобе этиб, епископ ҳамда аббатларга суянган ҳолда кироллик ҳокимиятини мустаҳкамлаган. Лех жангида (955) венгерларни мағлубиятга учратиб, уларни ғарбга қилган ҳужумларини тўхтатган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.