Otoskopiya
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 279-b. — ziyouz.com
Otoskopiya (oto... va yun. skopeo — köraman, közdan keçiraman) — taşqi eşituv yöli va quloq pardasini közdan keçiriş usuli. O.da quloqqa kiritiladigan maxsus voronkalar, peşonaga tutiladigan reflektor (örtasi teşik közgu) va yoruğlik manbaidan foydalaniladi. Diagnostika maqsadida muolajalar va operatsiyalar qilişda qöllanadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОТОСКОПИЯ (ото... ва юн. skopeo — кўраман, кўздан кечираман) — ташқи эшитув йўли ва қулоқ пардасини кўздан кечириш усули. О.да қулоққа киритиладиган махсус воронкалар, пешонага тутиладиган рефлектор (ўртаси тешик кўзгу) ва ёруғлик манбаидан фойдаланилади. Диагностика мақсадида муолажалар ва операциялар қилишда қўлланади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.