Ovoz operatori
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 21-b. — ziyouz.com
Ovoz operatori — kinoda filmni suratga oluvçi ijodiy jamoa a'zo-si. Ssenariy muallifi va rej. ning umumiy ğoyasiga muvofiq filmni ovozlaştiradi.Film ovozi bezagining badiiy va texnik sifatiga javob beradi. Ovozlar izohini tayyorlaydi, aktyorlar ovozini sinaş uçun yozib oladi. Fonoteka materiallarini tanlaydi, sinxron ovoz yoziş, musiqa va şovq-inlarni yoziş kabi işlarni amalga oşiradi. Radioeşittiriş, televideniye va ovoz yozib oliş studiyalarida O. o. magnit fonogrammalarini yozib oladi va eşittiradi. Ovoz rej.i rahbarligida yozib olingan fonogrammalarni montaj qiladi, ulardan nusxa oladi va eski fonogrammalarni ta'mirlaydi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ОВОЗ ОПЕРАТОРИ — кинода фильмни суратга олувчи ижодий жамоа аъзо-си. Сценарий муаллифи ва реж. нинг умумий ғоясига мувофиқ фильмни овозлаштиради.Фильм овози безагининг бадиий ва техник сифатига жавоб беради. Овозлар изоҳини тайёрлайди, актёрлар овозини синаш учун ёзиб олади. Фонотека материалларини танлайди, синхрон овоз ёзиш, мусиқа ва шовқ-инларни ёзиш каби ишларни амалга оширади. Радиоэшиттириш, телевидение ва овоз ёзиб олиш студияларида О. о. магнит фонограммаларини ёзиб олади ва эшиттиради. Овоз реж.и раҳбарлигида ёзиб олинган фонограммаларни монтаж қилади, улардан нусха олади ва эски фонограммаларни таъмирлайди.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.