Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Oyoqoğitma köli

    Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 49–50-b. — ziyouz.com

    Oyoqoğitma köli — Buxoro viloyati şim.dagi Oyoqoğitma qişloği yaqinidagi köl. Oyoq-oğitma botiğida. O.k.ga Buxoro va Navoiy viloyatlari ekin maydonlaridan çiqadigan sizot va oqova suvlardan hosil bölgan Şörköl kollektori quyiladi. Suv yuzasi maydoni yoz oylarida 60 km2 gaça ortadi, şu vaqtda çuq. 10 m dan ortadi, kuzda suv yuzasi maydoni kiçrayadi. Suvi şör. Baliqlarning sazan, döngpeşona, laqqa kabi turlari uçraydi. O. atrofi qamişzor, botqoqlik, quşlarga boy.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ОЁҚОҒИТМА КЎЛИ — Бухоро вилояти шим.даги Оёқоғитма қишлоғи яқинидаги кўл. Оёқ-оғитма ботиғида. О.к.га Бухоро ва Навоий вилоятлари экин майдонларидан чиқадиган сизот ва оқова сувлардан ҳосил бўлган Шўркўл коллектори қуйилади. Сув юзаси майдони ёз ойларида 60 км2 гача ортади, шу вақтда чуқ. 10 м дан ортади, кузда сув юзаси майдони кичраяди. Суви шўр. Балиқларнинг сазан, дўнгпешона, лаққа каби турлари учрайди. О. атрофи қамишзор, ботқоқлик, қушларга бой.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.