Özaro ta'sir
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 3–4-b. — ziyouz.com
Özaro ta'sir — falsafiy tuşunça. Obyektlarning bir-biriga ta'sir etişini, ularning özaro boğliqligini va bir obyektning boşqa obyektni vujudga keltiriş jarayonlarini anglatadi. Ö.t. harakat, taraqqiyotning obyektiv va universal şakli bölib, har qanday moddiy sistemaning mavjudligi va ma'lum tartibda tuzilişini belgilab beradi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЎЗАРО ТАЪСИР — фалсафий тушунча. Объектларнинг бир-бирига таъсир этишини, уларнинг ўзаро боғлиқлигини ва бир объектнинг бошқа объектни вужудга келтириш жараёнларини англатади. Ў.т. ҳаракат, тараққиётнинг объектив ва универсал шакли бўлиб, ҳар қандай моддий системанинг мавжудлиги ва маълум тартибда тузилишини белгилаб беради.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.