Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 52–55-b. — ziyouz.com
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — Özbekiston parlamenti, oliy davlat vakillik, qonun çiqaruvçi organi. Dastlab bir palatali parlament sifatida taşkil etilgan va fuqarolarning umumiy, teng, töğridantöğri saylov huquqi asosida şakllantirilgan. 1 çaqiriq Oliy Majlis qöp partiyalilik asosda 3 turda — 1994 yil 25 dek., 1995 yil 8 va 22 yanv. da bölib ötgan saylovlarda saylangan va 1995—99 yillarda faoliyat körsatgan. 2çaqiriq Oliy Majlisga saylovlar 1999 yil 5 va 19 dek.da bölib ötgan va u 2000— 2004 ylarda faoliyat körsatgan. Bir palatali parlament 250 deputatdan iborat bölib, u işlagan davrda 10 ta kodeks, ikkita milliy dastur, 240 ta qonun, 468 ta qaror qabul qilingan, qonun hujjatlariga 1573 ta qöşimça va özgartirişlar kiritilgan. Bu yillarda parlament, öz konstitutsiyaviy vakolatlariga asoslanib, demokratik jamiyatning huquqiy asoslarini şakllantiriş, bozor iqtisodiyoti prinsiplarini rivojlantiriş böyiça muayyan işlarni amalga oşirdi. Qonunçilik, davlat boşqaruvi, ötiş davri muammolarini yeçişda muayyan tajribaga ega böldi. 2002 y: 27 yanv.da ötkazilgan referendumda ikki palatali parlamentni tuziş masalasi Özbekiston xalqi tomonidan qöllabquvvatlandi. 2004 yil 26 dek. va 2005 yil 9 yanv.da Oliy Majlisning Qonunçilik palatasiga, 2005 yil 17—20 yanv.da Oliy Majlis Senatiga saylovlar bölib ötdi va Oliy Majlis 2 palatadan — Qonunçilik palatasi (quyi palata) va Senat (yuqori palata)dan iborat qilib şakllantirildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatining huquqiy asosini Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyatini taşkil etişning asosiy prinsiplari töğrisida» (2002 yil 4 apr.), «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi töğrisida» (2002 yil 12 dek.), «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida» (2002 yil 12 dek.)gi Konstitutsiyaviy qonunlar, «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida» (2003 yil 29 avg.), «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti töğrisida» (2003 yil 29 avg.) kabi qonunlar taşkil etadi.
Özbekiston Respublikasining Qonunçilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari böyiça köp partiyalilik asosida saylanadigan 120 deputatdan iborat. Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy, teng va töğridantöğri saylov huquqi asosida yaşirin ovoz beriş yöli bilan saylanadi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi bölib, Senat a'zolari (senatorlar)dan tarkib topadi. Senat a'zolari Qorakalpoğisgon Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan teng miqsorda — 6 kişidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar, tumanlar va şaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegişli qöşma majlislarida mazqur deputatlar orasidan yaşirin ovoz beriş yöli bilan ötkaziladi. Senatning 16 nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, işlab çiqariş sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boşqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bölgan hamda alohida xizmat qörsatgan eng obröli fuqarolar orasidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Har ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil. Qonunçilik palatasiga saylaniş huquqiga 25 yoşga tölgan hamda kamida 5 yil Özbekiston Respublikasi hududida muqim yaşayotgan fuqarolar egadirlar. Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining, viloyat, tuman, şahar davlat hokimiyati vakillik organining 25 yoşga tölgan hamda kamida 5 yil Özbekiston Respublikasi hududida muqim yaşayotgan deputati Senat a'zoligiga saylaniş uçun nomzod bölişi mumkin.
Özbekiston parlamenti keng, köp qirrali vakolatlarga ega. U hokimiyatning qonun çiqaruvçi, ijro etuvçi va sud hokimiyatiga böliniş prinsipiga asoslanib, davlatning boşqa idoralari bilan hamkorlik qilib, qonun çiqaruvçi hokimiyatni amalga oşiradi. Qonunçilik, davlat boşqaruvining muhim masalalarini körib çiqişda va hal etişda iştirok etadi, davlat byudjetini tasdiqlaydi, parlament nazoratini amalga oşiradi hamda qator davlat organlarini şakllantirişda qatnaşadi. Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati öz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qonunçilik palatasi tarkibida quyidagi deputatlar fraksiyalari: Özbekiston Liberaldemokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi, Özbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi, Özbekiston «Adolat» sotsialdemokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi (bu uççala fraksiya «Demokratik blok»ka birlaşgan), Özbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi, Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi deputatlar fraksiyasi faoliyat olib borayapti. Qonunçilik palatasi deputatlari professional, doimiy asosda işlaydi. Senatda doimiy asosda işlovçi senatorlarning soni senatorlar umumiy sonining 1/4 igaça bölgan miqdorda belgilangan.
Oliy Majlisning Qonunçilik palatasi Spiker va uning örinbosarlarini, Oliy Majlisning Senati esa Senat raisi va uning örinbosarlarini saylaydi.
Parlamentning Qonunçilik palatasi majlislari sessiyalar davrida ötkaziladi. Sessiyalar, qoida tariqasida, sentyabrning 1iş kunidan boşlab kelgusi yilning iyun oyi oxirgi iş quniga qadar ötkaziladi. Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida 3 marta ötkaziladi. Qonunçilik palatasi va Senat majlislarida, şuningdek, ularning organlari majlislarida Uzbekiston Respublikasi Prezidenti, Boş Vazir, Vazirlar Mahkamasining a'zolari, respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xöjalik sudi raislari, Boş prokurori, Markaziy bank boşqaruvining raisi iştirok etişlari mumkin. Qonunçilik palatasi va uning organlari majlislarida Senat raisi, Senat va uning organlari majlislarida Qonunçilik palatasi Spikeri iştirok etişi mumkin. Qonunçilik palatasi va Senat alohidaalohida majlis ötkazadilar. Qonunçilik palatasi va Senatning qöşma majlislari Özbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, mamlakat ijtimoiyiqtisodiy hayotining, içki va taşqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq sözlaganda, çet davlatlarning rahbarlari nutq sözlaganda ötkaziladi. Palatalarning kelişuviga binoan qöşma majlislar boşqa masalalar yuzasidan ham ötkazilişi mumkin.
Parlamentning Qonunçilik palatasi va Senati faoliyatini samarali taşkil etiş, qömitalar işini muvofiqlaştirib boriş, kun tartibi böyiça takliflar tayyorlaş, qonunlarni dastlabki tarzda körib çiqişni taşkil etiş maqsadida ularning tarkibida Kengaşlar tuziladi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasi öz vakolatlari muddatiga tegişinça deputatlar va senatorlar orasidan qömitalarni saylaydi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining qömitalari (2005)
Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi;
Qonunçilik va sudhuquq masalalari qömitasi;
Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi;
Xalqaro işlar va parlamentlararo aloqalar qömitasi;
Sanoat, quriliş va savdo masalalari qömitasi;
Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi;
Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi;
Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi;
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qömitasi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qömitalari (2005)
Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qömitasi;
Qonunçilik va sudhuquq masalalari qömitasi;
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi;
Taşqi siyosat masalalari qömitasi;
Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi;
Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi.
Qonun loyihasi qonunçilik taşabbusi huquqiga ega bölgan subyektlar tomonidan dastlab Qonunçilik palatasiga kiritiladi. Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi. Senat esa qonunni ma'qullaş yoki rad etiş töğrisida qaror qabul qiladi. Agar qonun loyihasi Senat tomonidan rad etilsa, u Qonunçilik palatasiga qaytariladi. Parlamentning yuqori va quyi palatalari örtasida yuzaga kelgan kelişmovçiliklarni bartaraf etiş maqsadida kelişuv komissiyasi tuzişi mumkin. Oliy Majlis Senati tomonidan ma'qullangan qonun 10 kun içida Prezidentga imzolaş uçun yuboriladi. Prezidentning qonunni imzolaş muddati 30 kun etib belgilangan. Respublika Prezidenti qaytadan muhokama qiliş va ovoz berişni ötkaziş uçun qonunni öz e'tirozlari bilan parlamentga qaytarişga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Oliy Majlisning ikkala palatasida ham uçdan ikki qismdan iborat köpçilik ovoz bilan ma'qullansa, qonun Prezident tomonidan 14 kun içida imzolanişi kerak. Qonun belgilangan tartibda e'lon qilinişi lozim.
Qonunçilik palatasi deputatlari hamda Senatda doimiy asosda işlovçi Senat a'zolari öz vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan taşqari haq tölanadigan boşqa turdagi faoliyat bilan şuğullanişlari mumkin emas. Qonunçilik palatasi deputati va Senat a'zolari daxlsizlik huquqidan foydalanadilar.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining naşrlari: «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi», «Xalq sözi» — «Narodnoye slovo» gazetalari.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamentlararo hamkorlikni keng yölga qöygan. MDH davlatlari va boşqa rivojlangan xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan şartnomalar tuzilgan. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining «Özbekistonda demokratiyalaştiriş jarayonining rivojlanişiga kömaklaşiş» va «Özbekistonda demokratik islohotlarni yanada kuçaytiriş» loyihalari muvaffaqiyatli bajarildi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi Toşkent şahrining Xalklar döstligi prospektidagi binoda, Senat esa Mustaqillik maydonidagi binoda iş olib boradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi binosi mujassamoti yeçimida me'mor ma'muriy jamoat binolariga xos mumtoz uslubdan foydalangan. Bino tarhi murabba şaklida (86x86 m), ustunlar qatori bilan qamrab olingan, ustunlar boşasiga barglar guldastasi işlangan. Bino tarzlari tilla rang yaxlit oynalar bilan qoplangan, oynavand devor tepadan pastga tuşgunça 3 marta içkariga kiritilib öziga xos köriniş kasb etgan. Bino feruza rang gumbaz (bal. 11,5 m, diametri 34,5 m) bilan yopilgan, gumbaz ustiga an'anaviy tojsimon oynavand tuynuk işlangan. Bino atrofidagi oq ustunlar feruza gumbaz hamda tilla rang oynalar bilan uyğunlikda binoga körkamlik, salobat baxş etgan. Binoning 500 örinli majlislar zali aylana şaklidagi amfiteatr uslubida hal etilgan (Prezidium va notiqlar minbari ham bölinmalarning biriga joylaştirilgan), zalning galereyali 2yarusidan mehmonlar va ommaviy axborot vakillariga joy ajratilgan. 1,2 va 3qavatlarda iş xonalari, parlament guruhlarining majlislari uçun kiçik zallar joylaşgan. Bino içki bezaklarida yoğoç öymakorligi (S. Rahmatullayev, H. Odilov, H. Ğaniyev, M. Ibrohimova), gançkorlik (M. Sultonov, Mirvohid Usmonov, A.Pölatov, M. Qosimov va boşqalar), naqqoşlik (X. Nuraliyev, 3. Boltaboyev va boşqalar)dan mahorat bilan foydalanilgan (ayniqsa, gumbaz osti naqşlari jozibador), miniatyura rasmlar bilan ziynatlangan (Ğ. Kamolov, X. Nazarov, F. Rahmatullayev).
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining binosi — 2005 y sobiq
; Hukumat uyi binosi örnida Özbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov taşabbusi bilan bunyod etildi. Bino 3 qismdan taşkil topgan: markaziy kiriş qismi va uning ikki yonidagi öng va çap qanotlardan iborat, 4 qavatli qilib qurilgan, şuningdek yer osti qavatiga ham ega. Markaziy qismi haşamatli 4 ta ustunda joylaşgan 3 ta içki gumbazli peştoqdan taşkil topgan, peştoq orqali keng va yoruğ miyonsaroy (vestibyul)ga kiriladi, miyonsaroy aylana şaklidagi salobatli majlislar zali bilan boğlangan. Miyonsaroyning tepasidagi qavatda kiçik majlislar zallari joylaşgan. Binoning çap qanotida senatorlar iş xonalari, qabulxonalar, Konstitutsion sud işçi xonalari hamda Hisob palatasi işxonalari va zallari joilaşgan. Binoning öng qanotini senatorlarning işxonalari, saqlanib qolgan va ta'mirlangan «Bahor» konsert zali uçun maşq zallari va boşqalar qöşimça xonalar egallagan. Binoning içki va taşqi pardozlarida mahalliy va zamonaviy aşyolardan tayyorlangan milliy me'moriy bezaklar işlatilgan. Içki bezaklarda gançkorlik (M. Usmonov, A. Pölatov, X.Azizov va boşqalar), naqqoşlik (A.Karimov va boşqalar), toştaroşlik (haykaltaroş R. Buzrukov va boşqalar) mahorat bilan qöllanilgan; namoyonlar (V.I.Burmakin, R.Xudoyberganov va boşqalar), gobelen (A. Ikromjonov eskizi) va boşqalar bilan ziynatlangan. Bino Mustaqillik maydonidagi inşootlar va kökalamzorlar, favvoralar bilan ajoyib uyğunlikda, Anhor böyiga tutaşgan tomonidagi hududda sölim maskan hosil qilingan.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ МАЖЛИСИ — Ўзбекистон парламенти, олий давлат вакиллик, қонун чиқарувчи органи. Дастлаб бир палатали парламент сифатида ташкил этилган ва фуқароларнинг умумий, тенг, тўғридантўғри сайлов ҳуқуқи асосида шакллантирилган. 1 чақириқ Олий Мажлис қўп партиялилик асосда 3 турда — 1994 йил 25 дек., 1995 йил 8 ва 22 янв. да бўлиб ўтган сайловларда сайланган ва 1995—99 йилларда фаолият кўрсатган. 2чақириқ Олий Мажлисга сайловлар 1999 йил 5 ва 19 дек.да бўлиб ўтган ва у 2000— 2004 йларда фаолият кўрсатган. Бир палатали парламент 250 депутатдан иборат бўлиб, у ишлаган даврда 10 та кодекс, иккита миллий дастур, 240 та қонун, 468 та қарор қабул қилинган, қонун ҳужжатларига 1573 та қўшимча ва ўзгартиришлар киритилган. Бу йилларда парламент, ўз конституциявий ваколатларига асосланиб, демократик жамиятнинг ҳуқуқий асосларини шакллантириш, бозор иқтисодиёти принципларини ривожлантириш бўйича муайян ишларни амалга оширди. Қонунчилик, давлат бошқаруви, ўтиш даври муаммоларини ечишда муайян тажрибага эга бўлди. 2002 й: 27 янв.да ўтказилган референдумда икки палатали парламентни тузиш масаласи Ўзбекистон халқи томонидан қўллабқувватланди. 2004 йил 26 дек. ва 2005 йил 9 янв.да Олий Мажлиснинг Қонунчилик палатасига, 2005 йил 17—20 янв.да Олий Мажлис Сенатига сайловлар бўлиб ўтди ва Олий Мажлис 2 палатадан — Қонунчилик палатаси (қуйи палата) ва Сенат (юқори палата)дан иборат қилиб шакллантирилди.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси фаолиятининг ҳуқуқий асосини Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, «Референдум якунлари ҳамда давлат ҳокимиятини ташкил этишнинг асосий принциплари тўғрисида» (2002 йил 4 апр.), «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси тўғрисида» (2002 йил 12 дек.), «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати тўғрисида» (2002 йил 12 дек.)ги Конституциявий қонунлар, «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасининг Регламенти тўғрисида» (2003 йил 29 авг.), «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг Регламенти тўғрисида» (2003 йил 29 авг.) каби қонунлар ташкил этади.
Ўзбекистон Республикасининг Қонунчилик палатаси ҳудудий, бир мандатли сайлов округлари бўйича кўп партиялилик асосида сайланадиган 120 депутатдан иборат. Қонунчилик палатаси депутатлари умумий, тенг ва тўғридантўғри сайлов ҳуқуқи асосида яширин овоз бериш йўли билан сайланади.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Сенати ҳудудий вакиллик палатаси бўлиб, Сенат аъзолари (сенаторлар)дан таркиб топади. Сенат аъзолари Қоракалпоғисгон Республикаси, вилоятлар ва Тошкент шаҳридан тенг миқцорда — 6 кишидан сайланади. Сенатга сайлов Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси, вилоятлар, туманлар ва шаҳарлар давлат ҳокимияти вакиллик органлари депутатларининг тегишли қўшма мажлисларида мазқур депутатлар орасидан яширин овоз бериш йўли билан ўтказилади. Сенатнинг 16 нафар аъзоси фан, санъат, адабиёт, ишлаб чиқариш соҳасида ҳамда давлат ва жамият фаолиятининг бошқа тармоқларида катта амалий тажрибага эга бўлган ҳамда алоҳида хизмат қўрсатган энг обрўли фуқаролар орасидан Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан тайинланади.
Ҳар иккала палатанинг ваколат муддати — 5 йил. Қонунчилик палатасига сайланиш ҳуқуқига 25 ёшга тўлган ҳамда камида 5 йил Ўзбекистон Республикаси ҳудудида муқим яшаётган фуқаролар эгадирлар. Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг, вилоят, туман, шаҳар давлат ҳокимияти вакиллик органининг 25 ёшга тўлган ҳамда камида 5 йил Ўзбекистон Республикаси ҳудудида муқим яшаётган депутати Сенат аъзолигига сайланиш учун номзод бўлиши мумкин.
Ўзбекистон парламенти кенг, кўп қиррали ваколатларга эга. У ҳокимиятнинг қонун чиқарувчи, ижро этувчи ва суд ҳокимиятига бўлиниш принципига асосланиб, давлатнинг бошқа идоралари билан ҳамкорлик қилиб, қонун чиқарувчи ҳокимиятни амалга оширади. Қонунчилик, давлат бошқарувининг муҳим масалаларини кўриб чиқишда ва ҳал этишда иштирок этади, давлат бюджетини тасдиқлайди, парламент назоратини амалга оширади ҳамда қатор давлат органларини шакллантиришда қатнашади. Олий Мажлис Қонунчилик палатаси ва Сенати ўз ваколатларига киритилган масалалар юзасидан қарорлар қабул қилади. Қонунчилик палатаси таркибида қуйидаги депутатлар фракциялари: Ўзбекистон Либералдемократик партияси депутатлар фракцияси, Ўзбекистон Фидокорлар миллий демократик партияси депутатлар фракцияси, Ўзбекистон «Адолат» социалдемократик партияси депутатлар фракцияси (бу уччала фракция «Демократик блок»ка бирлашган), Ўзбекистон Халқ демократик партияси депутатлар фракцияси, Ўзбекистон Миллий тикланиш демократик партияси депутатлар фракцияси фаолият олиб бораяпти. Қонунчилик палатаси депутатлари профессионал, доимий асосда ишлайди. Сенатда доимий асосда ишловчи сенаторларнинг сони сенаторлар умумий сонининг 1/4 игача бўлган миқдорда белгиланган.
Олий Мажлиснинг Қонунчилик палатаси Спикер ва унинг ўринбосарларини, Олий Мажлиснинг Сенати эса Сенат раиси ва унинг ўринбосарларини сайлайди.
Парламентнинг Қонунчилик палатаси мажлислари сессиялар даврида ўтказилади. Сессиялар, қоида тариқасида, сентябрнинг 1иш кунидан бошлаб келгуси йилнинг июнь ойи охирги иш қунига қадар ўтказилади. Сенат мажлислари заруратга қараб, лекин йилига камида 3 марта ўтказилади. Қонунчилик палатаси ва Сенат мажлисларида, шунингдек, уларнинг органлари мажлисларида Узбекистон Республикаси Президенти, Бош Вазир, Вазирлар Маҳкамасининг аъзолари, республика Конституциявий суди, Олий суди, Олий хўжалик суди раислари, Бош прокурори, Марказий банк бошқарувининг раиси иштирок этишлари мумкин. Қонунчилик палатаси ва унинг органлари мажлисларида Сенат раиси, Сенат ва унинг органлари мажлисларида Қонунчилик палатаси Спикери иштирок этиши мумкин. Қонунчилик палатаси ва Сенат алоҳидаалоҳида мажлис ўтказадилар. Қонунчилик палатаси ва Сенатнинг қўшма мажлислари Ўзбекистон Республикаси Президенти қасамёд қилганда, мамлакат ижтимоийиқтисодий ҳаётининг, ички ва ташқи сиёсатининг энг муҳим масалалари юзасидан нутқ сўзлаганда, чет давлатларнинг раҳбарлари нутқ сўзлаганда ўтказилади. Палаталарнинг келишувига биноан қўшма мажлислар бошқа масалалар юзасидан ҳам ўтказилиши мумкин.
Парламентнинг Қонунчилик палатаси ва Сенати фаолиятини самарали ташкил этиш, қўмиталар ишини мувофиқлаштириб бориш, кун тартиби бўйича таклифлар тайёрлаш, қонунларни дастлабки тарзда кўриб чиқишни ташкил этиш мақсадида уларнинг таркибида Кенгашлар тузилади. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати ва Қонунчилик палатаси ўз ваколатлари муддатига тегишинча депутатлар ва сенаторлар орасидан қўмиталарни сайлайди.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасининг қўмиталари (2005)
Бюджет ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари қўмитаси;
Қонунчилик ва судҳуқуқ масалалари қўмитаси;
Меҳнат ва ижтимоий масалалар қўмитаси;
Мудофаа ва хавфсизлик масалалари қўмитаси;
Халқаро ишлар ва парламентлараро алоқалар қўмитаси;
Саноат, қурилиш ва савдо масалалари қўмитаси;
Аграр, сув хўжалиги масалалари ва экология қўмитаси;
Фан, таълим, маданият ва спорт масалалари қўмитаси;
Демократик институтлар, нодавлат ташкилотлар ва фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари қўмитаси;
Ахборот ва коммуникация технологиялари масалалари қўмитаси.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг қўмиталари (2005)
Бюджет ва иқтисодий ислоҳотлар масалалари қўмитаси;
Қонунчилик ва судҳуқуқ масалалари қўмитаси;
Мудофаа ва хавфсизлик масалалари қўмитаси;
Ташқи сиёсат масалалари қўмитаси;
Фан, таълим, маданият ва спорт масалалари қўмитаси;
Аграр, сув хўжалиги масалалари ва экология қўмитаси.
Қонун лойиҳаси қонунчилик ташаббуси ҳуқуқига эга бўлган субъектлар томонидан дастлаб Қонунчилик палатасига киритилади. Қонунчилик палатаси томонидан қабул қилинган қонун Сенатга юборилади. Сенат эса қонунни маъқуллаш ёки рад этиш тўғрисида қарор қабул қилади. Агар қонун лойиҳаси Сенат томонидан рад этилса, у Қонунчилик палатасига қайтарилади. Парламентнинг юқори ва қуйи палаталари ўртасида юзага келган келишмовчиликларни бартараф этиш мақсадида келишув комиссияси тузиши мумкин. Олий Мажлис Сенати томонидан маъқулланган қонун 10 кун ичида Президентга имзолаш учун юборилади. Президентнинг қонунни имзолаш муддати 30 кун этиб белгиланган. Республика Президенти қайтадан муҳокама қилиш ва овоз беришни ўтказиш учун қонунни ўз эътирозлари билан парламентга қайтаришга ҳақли. Агар қонун аввалги қабул қилинган таҳририда Олий Мажлиснинг иккала палатасида ҳам учдан икки қисмдан иборат кўпчилик овоз билан маъқулланса, қонун Президент томонидан 14 кун ичида имзоланиши керак. Қонун белгиланган тартибда эълон қилиниши лозим.
Қонунчилик палатаси депутатлари ҳамда Сенатда доимий асосда ишловчи Сенат аъзолари ўз ваколатлари даврида илмий ва педагогик фаолиятдан ташқари ҳақ тўланадиган бошқа турдаги фаолият билан шуғулланишлари мумкин эмас. Қонунчилик палатаси депутати ва Сенат аъзолари дахлсизлик ҳуқуқидан фойдаланадилар.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг нашрлари: «Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг Ахборотномаси», «Халқ сўзи» — «Народное слово» газеталари.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси парламентлараро ҳамкорликни кенг йўлга қўйган. МДҲ давлатлари ва бошқа ривожланган хорижий мамлакатлар парламентлари билан шартномалар тузилган. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисида Европа Иттифоқи Комиссиясининг «Ўзбекистонда демократиялаштириш жараёнининг ривожланишига кўмаклашиш» ва «Ўзбекистонда демократик ислоҳотларни янада кучайтириш» лойиҳалари муваффақиятли бажарилди.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси Тошкент шаҳрининг Халклар дўстлиги проспектидаги бинода, Сенат эса Мустақиллик майдонидаги бинода иш олиб боради.
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси биноси мужассамоти ечимида меъмор маъмурий жамоат биноларига хос мумтоз услубдан фойдаланган. Бино тарҳи мурабба шаклида (86x86 м), устунлар қатори билан қамраб олинган, устунлар бошасига барглар гулдастаси ишланган. Бино тарзлари тилла ранг яхлит ойналар билан қопланган, ойнаванд девор тепадан пастга тушгунча 3 марта ичкарига киритилиб ўзига хос кўриниш касб этган. Бино феруза ранг гумбаз (бал. 11,5 м, диаметри 34,5 м) билан ёпилган, гумбаз устига анъанавий тожсимон ойнаванд туйнук ишланган. Бино атрофидаги оқ устунлар феруза гумбаз ҳамда тилла ранг ойналар билан уйғунликда бинога кўркамлик, салобат бахш этган. Бинонинг 500 ўринли мажлислар зали айлана шаклидаги амфитеатр услубида ҳал этилган (Президиум ва нотиқлар минбари ҳам бўлинмаларнинг бирига жойлаштирилган), залнинг галереяли 2ярусидан меҳмонлар ва оммавий ахборот вакилларига жой ажратилган. 1,2 ва 3қаватларда иш хоналари, парламент гуруҳларининг мажлислари учун кичик заллар жойлашган. Бино ички безакларида ёғоч ўймакорлиги (С. Раҳматуллаев, Ҳ. Одилов, Ҳ. Ғаниев, М. Иброҳимова), ганчкорлик (М. Султонов, Мирвоҳид Усмонов, А.Пўлатов, М. Қосимов ва бошқалар), наққошлик (X. Нуралиев, 3. Болтабоев ва бошқалар)дан маҳорат билан фойдаланилган (айниқса, гумбаз ости нақшлари жозибадор), миниатюра расмлар билан зийнатланган (Ғ. Камолов, X. Назаров, Ф. Раҳматуллаев).
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенатининг биноси — 2005 й собиқ
; Ҳукумат уйи биноси ўрнида Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримов ташаббуси билан бунёд этилди. Бино 3 қисмдан ташкил топган: марказий кириш қисми ва унинг икки ёнидаги ўнг ва чап қанотлардан иборат, 4 қаватли қилиб қурилган, шунингдек ер ости қаватига ҳам эга. Марказий қисми ҳашаматли 4 та устунда жойлашган 3 та ички гумбазли пештоқдан ташкил топган, пештоқ орқали кенг ва ёруғ миёнсарой (вестибюль)га кирилади, миёнсарой айлана шаклидаги салобатли мажлислар зали билан боғланган. Миёнсаройнинг тепасидаги қаватда кичик мажлислар заллари жойлашган. Бинонинг чап қанотида сенаторлар иш хоналари, қабулхоналар, Конституцион суд ишчи хоналари ҳамда Ҳисоб палатаси ишхоналари ва заллари жоилашган. Бинонинг ўнг қанотини сенаторларнинг ишхоналари, сақланиб қолган ва таъмирланган «Баҳор» концерт зали учун машқ заллари ва бошқалар қўшимча хоналар эгаллаган. Бинонинг ички ва ташқи пардозларида маҳаллий ва замонавий ашёлардан тайёрланган миллий меъморий безаклар ишлатилган. Ички безакларда ганчкорлик (М. Усмонов, А. Пўлатов, Х.Азизов ва бошқалар), наққошлик (А.Каримов ва бошқалар), тоштарошлик (ҳайкалтарош Р. Бузруков ва бошқалар) маҳорат билан қўлланилган; намоёнлар (В.И.Бурмакин, Р.Худойберганов ва бошқалар), гобелен (А. Икромжонов эскизи) ва бошқалар билан зийнатланган. Бино Мустақиллик майдонидаги иншоотлар ва кўкаламзорлар, фавворалар билан ажойиб уйғунликда, Анҳор бўйига туташган томонидаги ҳудудда сўлим маскан ҳосил қилинган.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.