Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 63–67-b. — ziyouz.com

    Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari — Özbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinç hayotini himoya qiliş, uruşlar va qurolli mojarolarni qaytariş va oldini oliş uçun davlat tomonidan taşkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlaşmalar, qöşilmalar va qismlar. ÖzRda Mudofaa vazirligi tizimidagi qism va bölinmalar, Içki işlar vazirligining içki va qorovul qöşinlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylaştirilgan qismlari, Çegara qöşinlaridan taşkil topgan. ÖzR Oliy Kengaşining 1991 yil 31 avg.dagi «Özbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi töğrisida»gi Bayonotida «Davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqi va erkinligini himoya qiliş maqsadida ÖzR da Mudofaa işlari vazirligi va Milliy gvardiya tuziladi. Respublika hududida joylaşgan sobiq SSSR Içki işlar vazirligi, SSSR Davlat xavfsizlik komiteti hamda Içki qöşinlari ÖzR yurisdiksiyasiga olinadi», deb körsatilgan edi. Bu 1991 yil 31 avg.da qabul qilingan «Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari töğrisida»gi qonunda «Özbekiston Respublikasi Mudofaa işlari vazirligini tuziş, Milliy gvardiya va muqobil xizmatni taşkil etiş huquqiga ega» deb huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Bu amalda yoş respublikaga harbiy siyosatni amalga oşiriş huquqini berdi.

    ÖzR Prezidentining 1991 yil 6 sentyabr dagi farmoniga asosan, Mudofaa işlari vazirligi taşkil etildi, uning ştat tizimi va vakolatlari belgilandi. 1991 yil 10 sentyabrdagi farmonga binoan, Mudofaa Vaziri ayni vaqtda Milliy gvardiya qömondoni etib tayinlandi. ÖzR Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabr dagi qaroriga binoan, Mudofaa işlari vazirligining huquqiy maqomi, tuzilişi va nizomlari tasdiqlandi. Turkiston harbiy okrugi boşqaruv organlari negizida Mudofaa işlari vazirligi Boş ştabi va boşqarmalari tuzildi.

    ÖzRning «Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari töğrisida»gi Qonuni hamda 1991 yil 30 dek.dagi Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Kengaşining Qurolli Kuçlari va Çegara qöşinlari haqidagi Minsk qarori asosida 1992 yil 1 fev.dan sobiq Ittifoq tizimidagi qöşinlarni mablağ bilan ta'minlanişi töxtatilişini inobatga olgan holda ÖzR Oliy Kengaşi 1992 yil 10 yanv.da «Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan SSSR Içki işlar vazirligining harbiy qismlari va öquv muassasalarini Özbekiston Respublikasi tasarrufiga oliş töğrisida», 14 yanv. da «Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan harbiy qismlar va harbiy öquv muassasalari töğrisida» qarorlar qabul qildi. Unda ÖzR hududida joylaşgan sobiq Ittifoqqa qaraşli Içki işlar va Mudofaa vazirligining qismlari, birlaşmalari, qöşilmalari, oliy öquv yurtlari, harbiy tuzilmalari mamlakatning qonuniy tasarrufiga olinadi, deb belgilandi. Qaror asosida harbiy xizmatçilar, ularning oila a'zolari, harbiy muassasalardagi işçi va xizmatçilar, sobiq Ittifoq armiyasida xizmat qilgan pensionerlarga ijtimoiy va huquqiy himoyalandi. Harbiy qismlar va öquv yurtlari, muassasalar, taşkilotlar davlat tomonidan moddiy texnika va mablağ bilan ta'minlandi.

    1992 yil 24 martda ÖzR Prezidentining «Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan Çegara qöşinlari bölinmalari haqida»gi farmoni bilan Respublika Milliy Xavfsizlik Xizmati qoşida Çegara qöşinlari boşqarmasi taşkil etildi va Örta Osiyo Çegara qöşinlari bölinmalari uning tasarrufiga ötkazildi.

    1992 yil 18 mayda «Özbekiston Respublika hududida joylaşgan havo desanti qöşinlari, harbiy transport aviatsiyasi, razvedka qöşinlari, ta'minot qismlari haqida»gi farmon bilan bu qöşinlar respublika tasarrufiga ötkazildi. ÖzR Prezidentining 1992 yil 12 noyab.dagi «Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan havo hujumiga qarşi harbiy qismlar haqida»gi, 13 noyab.da «Özbekiston Respublikasi hududida joylaşgan kimyoviy harbiy qismlar haqida»gi farmonlari bilan mamlakatimiz hududida joylaşgan mazkur turlardagi qöşinlar respublika tasarrufiga olindi va sifat jihatidan takomillaştirildi. Şu tarzda mustaqil mamlakat Qurolli Kuçlarini barpo etişning taşkiliy davri yakunlandi.

    ÖzR öz Qurolli Kuçlarini tuzişda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti (BMT) ning huquqiy meyorlari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik böyiça Xelsinki yakunlovçi akti, MDH kollektiv xavfsizlik Şartnomasi kabi xalqaro hujjatlarning barça talablariga rioya qildi.

    ÖzR Prezidentining 1992 yil 3 iyuldagi farmoniga muvofiq, Mudofaa işlari vazirligi Mudofaa vazirligiga aylantirildi. ÖzRning «Mudofaa töğrisida», «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida» hamda «Muqobil xizmat töğrisida»gi qonunlari qabul qilindi.

    1993 yilning 22 noyab.da «Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy qismining Jangovar bayroği töğrisida»gi Prezident farmoni imzolanib, Qurolli Kuçlar Jangovar bayroğining yagona namunasi belgilandi. ÖzR Oliy Kengaşining 1993 yil 29 dek.dagi Özbekiston Respublikasining «Vatan himoyaçilari kunini belgilaş töğrisida»gi qonuniga binoan, 14 yanv. — Vatan himoyaçilari kuni, deb e'lon qilindi.

    1995 yil avg.da qabul qilingan ÖzR Harbiy doktrinasi mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib çiqqan hodda 2000 yil 3 fev. kuni UzRning Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.

    ÖzR Qurolli Kuçlarini barpo etişning taşkiliy davri yakunlangaç, oldindagi vazifa uni zamon talablari asosida isloh qilişdan iborat böldi. Bunda avvalo qöşinlar qöllanişning strategik va taktik jihatidan kelib çiqib, Qurolli Kuçlar tuzilişi asosi ÖzRni himoya qila oladigan qöşinlar va maxsus qöşinlarni tuzişga qaratildi. Bular: quruqlikdagi qöşinlar; harbiy havo kuçlari va harbiy havo hujumidan mudofaa qöşinlari; maxsus va muhandislikquruvçilik qöşinlari; Içki işlar vazirligining içki va qorovul qöşinlari; Milliy xavfsizlik xizmatining harbiylaştirilgan qismlari va çegara qöşinlari.

    Quruqlikdagi qöşinlar tarkibiga motoöqçi, tankçi va artilleriya qöşilmalar va qismlaridan, havo desanti, hujumçi desant, havo hujumidan mudofaa bölinmalari, tez harakat qiluvçi kuçlar qismlari, ta'minot qismlari va bölinmalari kiradi.

    Harbiyhavo kuçlari Qurolli Kuçlarning eng yuqori manyovrlangan qöşin turlaridan biri hisoblanadi.

    Maxsus qöşinlar jangovar harakatlarni operativ ta'minlaş masalalarini hal etiş uçun möljallangan.

    Qöşinlarning harakati va manyovri uçun yöllarni tayyorlaşda muhandislik bölinmalarining tutgan örni alohida. Bu bölinmalar ğildirakli va zanjirlik asoslardagi yölyotqizgiç, minalardan tozalovçi muhandislik maşinalari, köprik quruvçilar hamda öziyurar mexanizatsiyalaşgan köpriklar kabi maxsus texnika turlari bilan ta'minlangan.

    Qöşinlarning muvaffaqiyati köp jihatdan harbiy aloqa qöşinlariga boğliq. Ular qöşinlar va qurollarni boşqariş tizimida axborotlarni almaştiriş xizmatini bajaradilar. Aloqa qöşinlari simli aloqa, radioaloqa, maxfiylaştirilgan aloqa vositalaridan foydalangan holda harbiy harakatlarning borişiga ta'sir ötkazadilar.

    Muhandislikquruvçilik qöşinlari Qurolli Kuçlar infratuzilmasi taraqqiyotini ta'minlaş va davlat strategik iqtisodiy dasturini bajarişga hissa qöşib kelmoqda. Uruş şaroitida mazkur qöşinlarga mudofaa binolarini, kommunikatsiya qurilişlari va qutqaruvavariya işlarini bajariş yuklatilgan.

    ÖzR Çegara qöşinlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 24 martidagi farmoniga köra tuzildi. Çegara qöşinlariga ÖzR davlat çegaralarini, uning suverenitetini himoya qiliş vazifasi qöyilgan. Içki işlar qöşinlarining maxsus bölinmalari muhim davlat obyektlarini qöriqlaş, maxsus harbiy operatsiyalarda qatnaşiş, terrorçilarga qarşi kuraş kabi vazifalarni bajaradi.

    Uruş holatida Özbekiston Qurolli Kuçlari öz vazifalarini ÖzR Milliy xavfsizlik xizmati qömitasi va Içki işlar vazirligi bilan birgalikda amalga oşiradi. Ularning birgalikdagi harakatini muvofiqpaştiriş uçun 2000 yilda Mudofaa Vazirligida Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining Birlaşgan Ştabi tuzildi.

    Qurolli Kuçlarga Oliy boşqaruvni Prezident amalga oşiradi. ÖzR

    Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq, Prezident Respublika Qurolli Kuçlarining Oliy Boş qömondoni hisoblanadi.

    Qurolli Kuçlarning taşkiliy davrida Qurolli Kuçlar taşkiliyştat tuzilişi takomillaştirildi va unga muvofiq harbiy qismlar, muassasalar va harbiy öquv yurtlari isloh qilindi; harbiy bilim yurtlari tarmoqlarini kengaytiriş va Qurolli Kuçlar akademiyasini barpo etiş hisobiga milliy kadrlar tayyorlaşning mukammal tizimi yaratildi; Qurolli Kuçlar vazifalariga binoan, harbiy xizmatçilar barça toifasining ta'lim jarayoni yaxşilandi; mintaqadagi geostrategik vaziyat va harbiy-siyosiy holat hisobga olinib, qöşinlarni joylaştiriş tizimi takomillaştirildi. Bu — davlat çegaralarini hamda xalqimiz manfaatlarini işonçli himoya qiliş imkonini yaratdi; zamon talabiga javob bera oladigan qöşinlarni barqaror boşqariş tizimi barpo etildi; harbiy xizmatni taşkil etişning infratuzilmasi yaratildi; ÖzRning Konstitutsiyasi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida», «Mudofaa töğrisida» qonunlari, 1996 yilda Umumharbiy Nizomlar qabul qilinişi bilan Qurolli Kuçlarimiz huquqiy bazasi yaratildi.

    Oliy Majlisning 1çaqiriq 14sessiyasida Qurolli Kuçlarni, Çegara va Içki qöşinlarni yagona davlat siyosati asosida bosqiçmabosqiç çuqur isloh etiş masalalariga qaratildi. Qurolli Kuçlarni isloh qilişda jahon va davlatimiz harbiy yutuqlari, harbiy qurilişning ilğor tajribalari va fanidan foydalanildi. Jangovar vazifalarni hal qilişning yanada samarali imkoniyatlarini izlaş borasida faol iş olib borildi. Bunda, albatta, ekstremizm va xalqaro terrorizm faoliyatining faollaşuvi kabi yangi omillarga qarşi kuraş ham nazarda tutildi. Islohot şaxsiy tarkibni ma'naviyaxloqiy tarbiyalaşni, ularning professional tayyorgarligini va qayta tayyorlaşni taşkil etişning butun tizimini qaytadan körib çiqişni közda tutadi. U jangçilarda Vatanga muhabbat va sadoqatni, yuksak ma'naviy fazilatlar va mustahkam irodani tarbiyalaşga, professionalizmni, a'lo jangovar tayyorgarlikni ta'minlaşga yönaltirilgan.

    Özbekiston Qurolli Kuçlari tizimida olib borilgan islohotlar, davlat mudofaasini taşkil etiş borasida töplangan tajribalar asosida ÖzRning «Mudofaa töğrisida»gi qonuni Oliy Majlisning 2çaqiriq 5sessiyasida 2001 yil II mayda yangi tahrirda tasdiqlandi.

    Qonun davlat mudofaasining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy tadbirlar majmuidan iboratligini nazarga olgan holda mudofaa masalasida ÖzR Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi, Qurolli Kuçlar Birlaşgan ştabi, harbiy okruglar, vazirliklar, davlat qömitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning öz-özini boşqariş organlari, korxonalar, muassasalar va taşkilotlar hamda mamlakat fuqarolarining davlat mudofaasini ta'minlaşdagi vakolatlarini belgilab berdi.

    Mudofaa va Qurolli Kuçlarga rahbarlikni ÖzR Prezidenti — Respublika Qurolli Kuçlarining Oliy Boş qömondoni amalga oşiradi. Uruş şaroitida ÖzR Mudofaa vaziri bir paytning özida Qurolli Kuçlar Oliy Boş qömondonining örinbosari hisoblanadi.

    ÖzRning Konstitupiyasida belgilangan tartibga köra, Respublika Qurolli Kuçlari Oliy Boş qömondoni ÖzRga hujum qilinganda yoki tajovuzdan birbirini mudofaa qiliş yuzasidan tuzilgan şartnoma majburiyatlarini bajariş zaruriyati tuğilganda uruş holati, umumiy yoki qisman safarbarlik e'lon qiladi hamda ÖzRning butun hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi; Qurolli Kuçlarning oliy qömondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlarni beradi.

    ÖzR Mudofaa vazirligi öz tasarrufidagi qöşinlarga boşqaruvni amalga oşiradi, mudofaa va harbiy quriliş sohasidagi davlat siyosati yuritilişini, ÖzR Mudofaa vazirligi qöşinlarining zamonaviy qurolyaroğlar, harbiy texnika va moddiytexnika vositalari bilan jihozlanişini, harbiy hamkorlik kengaytirilişini, çaqiruvning va Qurolli Kuçlar kadrlari tayyorlaşning taşkil etilişini ta'minlaydi.

    Qöşinlarni operativ boşqaruvini taşkil etiş maqsadida Harbiy okruglar taşkil etildi. Harbiy okrug bu — operatsion yönalişlarda ÖzRning xavfsizligini ta'minlovçi asosiy harbiyma'muriy birlik hamda umumqöşin tezkorstrategik hududiy birlaşmasidir. Harbiy okruglar taşkil etilişi bilan qöşinlar va qismlarni qayta joylaştiriş amalga oşirildi. Bu ularni eng muhim strategik yönalişlarda jamlaşga, hududiy mudofaaning haqiqiy tizimini şakllantirişga imkon berdi. Bugungi kunda har bir harbiy okrug, yirik qismlar öz öquv poligonlariga ega va ularda harbiy texnikani boşqariş könikmalarini hosil qiliş, jangovar qurollardan otiş, artilleriya, havo janggi tayyorgarligi, vzvod, batalon, qism tarkibida taktik öquv maşğulotlarini ötkaziş uçun barça şaroitlar yaratildi.

    Harbiy islohotlar strategiyasi asosida son jihatidan unça katta bölmagan, zamonaviy qurolyaroğ va texnika bilan qurollangan armiyani, jangovar harakatlar olib borişning eng samarali usullarini egallagan va har qanday bosqinçi kuçlarga qarşi turişga hamda zarba berişga qodir bölgan tezkor, har tomonlama öziga suyangan va ta'minlangan qismlarni tuziş asoslari yaratildi.

    Bugungi kunda mamlakatimizda Mudofaa vazirligining Toşkent umumqöşin komandirlari, Samarqand avtomobilçi komandirmuhandislar, Çirçiq tankçi komandirmuhandislar, Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toşkent axborot texnologiyalar un-tining maxsus aloqa fti, Içki işlar vazirligining Toşkent oliy harbiy texnika bilim yurti, Yonğin xavfsizligi oliy texnika maktabida Qurolli Kuçlar saflariga turli mutaxassisliklar böyiça malakali kadrlar tayyorlanmoqda. 1995 yil 2 sentyabrda Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari akademiyasi oçildi. Harbiy kasbni tanlovçi yoşlar uçun Toşkent, Samarqand, Urganç va Farğona şahrilarida harbiy mutaxassisliklarga yönaltirilgan litseylar faoliyat körsatmoqda. Harbiy litsey tinglovçilari 2 yil mobaynida harbiy könikma töplab, özlari tanlagan qöşin turlari böyiça oliy harbiy bilim yurtiga yöl oladilar.

    Ad.: Karimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinç va osoyişta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T., 2003; Vatan himoyasi — muqaddas burç. T., 2001; Armiya — davlat tayançi va tinçlik kafolati, T., 2005.

    Islom Inoyatov.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ҚУРОЛЛИ КУЧЛАРИ — Ўзбекистон Республикаси миллий манфаатларини, суверенитети, ҳудудий яхлитлигини ҳамда аҳолининг тинч ҳаётини ҳимоя қилиш, урушлар ва қуролли можароларни қайтариш ва олдини олиш учун давлат томонидан ташкил этилган ва сақлаб турилган ҳарбий бирлашмалар, қўшилмалар ва қисмлар. ЎзРда Мудофаа вазирлиги тизимидаги қисм ва бўлинмалар, Ички ишлар вазирлигининг ички ва қоровул қўшинлари, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Миллий хавфсизлик хизматининг ҳарбийлаштирилган қисмлари, Чегара қўшинларидан ташкил топган. ЎзР Олий Кенгашининг 1991 йил 31 авг.даги «Ўзбекистон Республикасининг давлат мустақиллиги тўғрисида»ги Баёнотида «Давлат мустақиллигини, ҳудудий яхлитлигини, фуқароларнинг Конституциявий ҳуқуқи ва эркинлигини ҳимоя қилиш мақсадида ЎзР да Мудофаа ишлари вазирлиги ва Миллий гвардия тузилади. Республика ҳудудида жойлашган собиқ СССР Ички ишлар вазирлиги, СССР Давлат хавфсизлик комитети ҳамда Ички қўшинлари ЎзР юрисдиксиясига олинади», деб кўрсатилган эди. Бу 1991 йил 31 авг.да қабул қилинган «Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг асослари тўғрисида»ги қонунда «Ўзбекистон Республикаси Мудофаа ишлари вазирлигини тузиш, Миллий гвардия ва муқобил хизматни ташкил этиш ҳуқуқига эга» деб ҳуқуқий жиҳатдан мустаҳкамланди. Бу амалда ёш республикага ҳарбий сиёсатни амалга ошириш ҳуқуқини берди.

    ЎзР Президентининг 1991 йил 6 сентябр даги фармонига асосан, Мудофаа ишлари вазирлиги ташкил этилди, унинг штат тизими ва ваколатлари белгиланди. 1991 йил 10 сентябрдаги фармонга биноан, Мудофаа Вазири айни вақтда Миллий гвардия қўмондони этиб тайинланди. ЎзР Вазирлар Маҳкамасининг 1991 йил 25 октябр даги қарорига биноан, Мудофаа ишлари вазирлигининг ҳуқуқий мақоми, тузилиши ва низомлари тасдиқланди. Туркистон ҳарбий округи бошқарув органлари негизида Мудофаа ишлари вазирлиги Бош штаби ва бошқармалари тузилди.

    ЎзРнинг «Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг асослари тўғрисида»ги Қонуни ҳамда 1991 йил 30 дек.даги Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлиги Кенгашининг Қуролли Кучлари ва Чегара қўшинлари ҳақидаги Минск қарори асосида 1992 йил 1 фев.дан собиқ Иттифоқ тизимидаги қўшинларни маблағ билан таъминланиши тўхтатилишини инобатга олган ҳолда ЎзР Олий Кенгаши 1992 йил 10 янв.да «Ўзбекистон Республикаси ҳудудида жойлашган СССР Ички ишлар вазирлигининг ҳарбий қисмлари ва ўқув муассасаларини Ўзбекистон Республикаси тасарруфига олиш тўғрисида», 14 янв. да «Ўзбекистон Республикаси ҳудудида жойлашган ҳарбий қисмлар ва ҳарбий ўқув муассасалари тўғрисида» қарорлар қабул қилди. Унда ЎзР ҳудудида жойлашган собиқ Иттифоққа қарашли Ички ишлар ва Мудофаа вазирлигининг қисмлари, бирлашмалари, қўшилмалари, олий ўқув юртлари, ҳарбий тузилмалари мамлакатнинг қонуний тасарруфига олинади, деб белгиланди. Қарор асосида ҳарбий хизматчилар, уларнинг оила аъзолари, ҳарбий муассасалардаги ишчи ва хизматчилар, собиқ Иттифоқ армиясида хизмат қилган пенсионерларга ижтимоий ва ҳуқуқий ҳимояланди. Ҳарбий қисмлар ва ўқув юртлари, муассасалар, ташкилотлар давлат томонидан моддий техника ва маблағ билан таъминланди.

    1992 йил 24 мартда ЎзР Президентининг «Ўзбекистон Республикаси ҳудудида жойлашган Чегара қўшинлари бўлинмалари ҳақида»ги фармони билан Республика Миллий Хавфсизлик Хизмати қошида Чегара қўшинлари бошқармаси ташкил этилди ва Ўрта Осиё Чегара қўшинлари бўлинмалари унинг тасарруфига ўтказилди.

    1992 йил 18 майда «Ўзбекистон Республика ҳудудида жойлашган ҳаво десанти қўшинлари, ҳарбий транспорт авиацияси, разведка қўшинлари, таъминот қисмлари ҳақида»ги фармон билан бу қўшинлар республика тасарруфига ўтказилди. ЎзР Президентининг 1992 йил 12 нояб.даги «Ўзбекистон Республикаси ҳудудида жойлашган ҳаво ҳужумига қарши ҳарбий қисмлар ҳақида»ги, 13 нояб.да «Ўзбекистон Республикаси ҳудудида жойлашган кимёвий ҳарбий қисмлар ҳақида»ги фармонлари билан мамлакатимиз ҳудудида жойлашган мазкур турлардаги қўшинлар республика тасарруфига олинди ва сифат жиҳатидан такомиллаштирилди. Шу тарзда мустақил мамлакат Қуролли Кучларини барпо этишнинг ташкилий даври якунланди.

    ЎзР ўз Қуролли Кучларини тузишда Бирлашган Миллатлар Ташкилоти (БМТ) нинг ҳуқуқий меъёрлари, Европада хавфсизлик ва ҳамкорлик бўйича Хельсинки якунловчи акти, МДҲ коллектив хавфсизлик Шартномаси каби халқаро ҳужжатларнинг барча талабларига риоя қилди.

    ЎзР Президентининг 1992 йил 3 июлдаги фармонига мувофиқ, Мудофаа ишлари вазирлиги Мудофаа вазирлигига айлантирилди. ЎзРнинг «Мудофаа тўғрисида», «Умумий ҳарбий мажбурият ва ҳарбий хизмат тўғрисида» ҳамда «Муқобил хизмат тўғрисида»ги қонунлари қабул қилинди.

    1993 йилнинг 22 нояб.да «Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ҳарбий қисмининг Жанговар байроғи тўғрисида»ги Президент фармони имзоланиб, Қуролли Кучлар Жанговар байроғининг ягона намунаси белгиланди. ЎзР Олий Кенгашининг 1993 йил 29 дек.даги Ўзбекистон Республикасининг «Ватан ҳимоячилари кунини белгилаш тўғрисида»ги қонунига биноан, 14 янв. — Ватан ҳимоячилари куни, деб эълон қилинди.

    1995 йил авг.да қабул қилинган ЎзР Ҳарбий доктринаси мамлакатнинг ҳарбий соҳадаги сиёсатини белгилаб берди. Минтақадаги ҳарбий сиёсий вазиятдан келиб чиққан ҳодда 2000 йил 3 фев. куни УзРнинг Мудофаа доктринаси қабул қилинди.

    ЎзР Қуролли Кучларини барпо этишнинг ташкилий даври якунлангач, олдиндаги вазифа уни замон талаблари асосида ислоҳ қилишдан иборат бўлди. Бунда аввало қўшинлар қўлланишнинг стратегик ва тактик жиҳатидан келиб чиқиб, Қуролли Кучлар тузилиши асоси ЎзРни ҳимоя қила оладиган қўшинлар ва махсус қўшинларни тузишга қаратилди. Булар: қуруқликдаги қўшинлар; ҳарбий ҳаво кучлари ва ҳарбий ҳаво ҳужумидан мудофаа қўшинлари; махсус ва муҳандисликқурувчилик қўшинлари; Ички ишлар вазирлигининг ички ва қоровул қўшинлари; Миллий хавфсизлик хизматининг ҳарбийлаштирилган қисмлари ва чегара қўшинлари.

    Қуруқликдаги қўшинлар таркибига мотоўқчи, танкчи ва артиллерия қўшилмалар ва қисмларидан, ҳаво десанти, ҳужумчи десант, ҳаво ҳужумидан мудофаа бўлинмалари, тез ҳаракат қилувчи кучлар қисмлари, таъминот қисмлари ва бўлинмалари киради.

    Ҳарбийҳаво кучлари Қуролли Кучларнинг энг юқори манёврланган қўшин турларидан бири ҳисобланади.

    Махсус қўшинлар жанговар ҳаракатларни оператив таъминлаш масалаларини ҳал этиш учун мўлжалланган.

    Қўшинларнинг ҳаракати ва манёври учун йўлларни тайёрлашда муҳандислик бўлинмаларининг тутган ўрни алоҳида. Бу бўлинмалар ғилдиракли ва занжирлик асослардаги йўлётқизгич, миналардан тозаловчи муҳандислик машиналари, кўприк қурувчилар ҳамда ўзиюрар механизациялашган кўприклар каби махсус техника турлари билан таъминланган.

    Қўшинларнинг муваффақияти кўп жиҳатдан ҳарбий алоқа қўшинларига боғлиқ. Улар қўшинлар ва қуролларни бошқариш тизимида ахборотларни алмаштириш хизматини бажарадилар. Алоқа қўшинлари симли алоқа, радиоалоқа, махфийлаштирилган алоқа воситаларидан фойдаланган ҳолда ҳарбий ҳаракатларнинг боришига таъсир ўтказадилар.

    Муҳандисликқурувчилик қўшинлари Қуролли Кучлар инфратузилмаси тараққиётини таъминлаш ва давлат стратегик иқтисодий дастурини бажаришга ҳисса қўшиб келмоқда. Уруш шароитида мазкур қўшинларга мудофаа биноларини, коммуникация қурилишлари ва қутқарувавария ишларини бажариш юклатилган.

    ЎзР Чегара қўшинлари Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1992 йил 24 мартидаги фармонига кўра тузилди. Чегара қўшинларига ЎзР давлат чегараларини, унинг суверенитетини ҳимоя қилиш вазифаси қўйилган. Ички ишлар қўшинларининг махсус бўлинмалари муҳим давлат объектларини қўриқлаш, махсус ҳарбий операцияларда қатнашиш, террорчиларга қарши кураш каби вазифаларни бажаради.

    Уруш ҳолатида Ўзбекистон Қуролли Кучлари ўз вазифаларини ЎзР Миллий хавфсизлик хизмати қўмитаси ва Ички ишлар вазирлиги билан биргаликда амалга оширади. Уларнинг биргаликдаги ҳаракатини мувофиқпаштириш учун 2000 йилда Мудофаа Вазирлигида Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларининг Бирлашган Штаби тузилди.

    Қуролли Кучларга Олий бошқарувни Президент амалга оширади. ЎзР

    Конституциясининг 93-моддасига мувофиқ, Президент Республика Қуролли Кучларининг Олий Бош қўмондони ҳисобланади.

    Қуролли Кучларнинг ташкилий даврида Қуролли Кучлар ташкилийштат тузилиши такомиллаштирилди ва унга мувофиқ ҳарбий қисмлар, муассасалар ва ҳарбий ўқув юртлари ислоҳ қилинди; ҳарбий билим юртлари тармоқларини кенгайтириш ва Қуролли Кучлар академиясини барпо этиш ҳисобига миллий кадрлар тайёрлашнинг мукаммал тизими яратилди; Қуролли Кучлар вазифаларига биноан, ҳарбий хизматчилар барча тоифасининг таълим жараёни яхшиланди; минтақадаги геостратегик вазият ва ҳарбий-сиёсий ҳолат ҳисобга олиниб, қўшинларни жойлаштириш тизими такомиллаштирилди. Бу — давлат чегараларини ҳамда халқимиз манфаатларини ишончли ҳимоя қилиш имконини яратди; замон талабига жавоб бера оладиган қўшинларни барқарор бошқариш тизими барпо этилди; ҳарбий хизматни ташкил этишнинг инфратузилмаси яратилди; ЎзРнинг Конституцияси, «Умумий ҳарбий мажбурият ва ҳарбий хизмат тўғрисида», «Мудофаа тўғрисида» қонунлари, 1996 йилда Умумҳарбий Низомлар қабул қилиниши билан Қуролли Кучларимиз ҳуқуқий базаси яратилди.

    Олий Мажлиснинг 1чақириқ 14сессиясида Қуролли Кучларни, Чегара ва Ички қўшинларни ягона давлат сиёсати асосида босқичмабосқич чуқур ислоҳ этиш масалаларига қаратилди. Қуролли Кучларни ислоҳ қилишда жаҳон ва давлатимиз ҳарбий ютуқлари, ҳарбий қурилишнинг илғор тажрибалари ва фанидан фойдаланилди. Жанговар вазифаларни ҳал қилишнинг янада самарали имкониятларини излаш борасида фаол иш олиб борилди. Бунда, албатта, экстремизм ва халқаро терроризм фаолиятининг фаоллашуви каби янги омилларга қарши кураш ҳам назарда тутилди. Ислоҳот шахсий таркибни маънавийахлоқий тарбиялашни, уларнинг профессионал тайёргарлигини ва қайта тайёрлашни ташкил этишнинг бутун тизимини қайтадан кўриб чиқишни кўзда тутади. У жангчиларда Ватанга муҳаббат ва садоқатни, юксак маънавий фазилатлар ва мустаҳкам иродани тарбиялашга, профессионализмни, аъло жанговар тайёргарликни таъминлашга йўналтирилган.

    Ўзбекистон Қуролли Кучлари тизимида олиб борилган ислоҳотлар, давлат мудофаасини ташкил этиш борасида тўпланган тажрибалар асосида ЎзРнинг «Мудофаа тўғрисида»ги қонуни Олий Мажлиснинг 2чақириқ 5сессиясида 2001 йил II майда янги таҳрирда тасдиқланди.

    Қонун давлат мудофаасининг сиёсий, иқтисодий, ижтимоийҳуқуқий тадбирлар мажмуидан иборатлигини назарга олган ҳолда мудофаа масаласида ЎзР Президенти, Вазирлар Маҳкамаси, Мудофаа вазирлиги, Қуролли Кучлар Бирлашган штаби, ҳарбий округлар, вазирликлар, давлат қўмиталари, идоралар, маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг фуқароларнинг ўз-ўзини бошқариш органлари, корхоналар, муассасалар ва ташкилотлар ҳамда мамлакат фуқароларининг давлат мудофаасини таъминлашдаги ваколатларини белгилаб берди.

    Мудофаа ва Қуролли Кучларга раҳбарликни ЎзР Президенти — Республика Қуролли Кучларининг Олий Бош қўмондони амалга оширади. Уруш шароитида ЎзР Мудофаа вазири бир пайтнинг ўзида Қуролли Кучлар Олий Бош қўмондонининг ўринбосари ҳисобланади.

    ЎзРнинг Конститупиясида белгиланган тартибга кўра, Республика Қуролли Кучлари Олий Бош қўмондони ЎзРга ҳужум қилинганда ёки тажовуздан бирбирини мудофаа қилиш юзасидан тузилган шартнома мажбуриятларини бажариш зарурияти туғилганда уруш ҳолати, умумий ёки қисман сафарбарлик эълон қилади ҳамда ЎзРнинг бутун ҳудудида ёки унинг айрим жойларида фавқулодда ҳолат жорий этади; Қуролли Кучларнинг олий қўмондонларини тайинлайди ва вазифасидан озод қилади, олий ҳарбий унвонларни беради.

    ЎзР Мудофаа вазирлиги ўз тасарруфидаги қўшинларга бошқарувни амалга оширади, мудофаа ва ҳарбий қурилиш соҳасидаги давлат сиёсати юритилишини, ЎзР Мудофаа вазирлиги қўшинларининг замонавий қуроляроғлар, ҳарбий техника ва моддийтехника воситалари билан жиҳозланишини, ҳарбий ҳамкорлик кенгайтирилишини, чақирувнинг ва Қуролли Кучлар кадрлари тайёрлашнинг ташкил этилишини таъминлайди.

    Қўшинларни оператив бошқарувини ташкил этиш мақсадида Ҳарбий округлар ташкил этилди. Ҳарбий округ бу — операцион йўналишларда ЎзРнинг хавфсизлигини таъминловчи асосий ҳарбиймаъмурий бирлик ҳамда умумқўшин тезкорстратегик ҳудудий бирлашмасидир. Ҳарбий округлар ташкил этилиши билан қўшинлар ва қисмларни қайта жойлаштириш амалга оширилди. Бу уларни энг муҳим стратегик йўналишларда жамлашга, ҳудудий мудофаанинг ҳақиқий тизимини шакллантиришга имкон берди. Бугунги кунда ҳар бир ҳарбий округ, йирик қисмлар ўз ўқув полигонларига эга ва уларда ҳарбий техникани бошқариш кўникмаларини ҳосил қилиш, жанговар қуроллардан отиш, артиллерия, ҳаво жангги тайёргарлиги, взвод, батальон, қисм таркибида тактик ўқув машғулотларини ўтказиш учун барча шароитлар яратилди.

    Ҳарбий ислоҳотлар стратегияси асосида сон жиҳатидан унча катта бўлмаган, замонавий қуроляроғ ва техника билан қуролланган армияни, жанговар ҳаракатлар олиб боришнинг энг самарали усулларини эгаллаган ва ҳар қандай босқинчи кучларга қарши туришга ҳамда зарба беришга қодир бўлган тезкор, ҳар томонлама ўзига суянган ва таъминланган қисмларни тузиш асослари яратилди.

    Бугунги кунда мамлакатимизда Мудофаа вазирлигининг Тошкент умумқўшин командирлари, Самарқанд автомобилчи командирмуҳандислар, Чирчиқ танкчи командирмуҳандислар, Жиззах авиация олий ҳарбий билим юртлари, Тошкент ахборот технологиялар ун-тининг махсус алоқа фти, Ички ишлар вазирлигининг Тошкент олий ҳарбий техника билим юрти, Ёнғин хавфсизлиги олий техника мактабида Қуролли Кучлар сафларига турли мутахассисликлар бўйича малакали кадрлар тайёрланмоқда. 1995 йил 2 сентябрда Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари академияси очилди. Ҳарбий касбни танловчи ёшлар учун Тошкент, Самарқанд, Урганч ва Фарғона шаҳриларида ҳарбий мутахассисликларга йўналтирилган лицейлар фаолият кўрсатмоқда. Ҳарбий лицей тингловчилари 2 йил мобайнида ҳарбий кўникма тўплаб, ўзлари танлаган қўшин турлари бўйича олий ҳарбий билим юртига йўл оладилар.

    Ад.: Каримов И., Миллий армиямиз — мустақиллигимизнинг, тинч ва осойишта ҳаётимизнинг мустаҳкам кафолатидир, Т., 2003; Ватан ҳимояси — муқаддас бурч. Т., 2001; Армия — давлат таянчи ва тинчлик кафолати, Т., 2005.

    Ислом Иноятов.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.