Özbekiston Respublikasining orden va medallari
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 72–76-b. — ziyouz.com
Özbekiston Respublikasining orden va medallari — Özbekiston Respublikasining davlat mukofotlari. Ular bilan Özbekiston Respublikasining fuqarolari mehnat va jangovar xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uçun taqdirlanişlari mumkin. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi uçun xizmat körsatgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar ham, ayrim hollarda korxonalar, muassasalar, taşkilotlar, jamoat birlaşmalari, ijodiy jamoalar va harbiy bölinmalar, Özbekiston Respublikasi ma'muriyhududiy birliklari ham mukofotlanişi mumkin. «Davlat mukofotlari töğrisida» Özbekiston Respublikasining qonuni (1995 yil 22 dek.)ga köra, orden va medallar Oliy Majlis tomonidan ta'sis etiladi, orden va medallar bilan Özbekiston Respublikasining Prezidenti takdirlaydi.
Orden, medal bilan mukofotlaşga taqdim etiş, mukofotlaş va orden, .medalni topşiriş qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oşiriladi. Orden, medallar bilan taqdirlaş töğrisidagi farmonlar ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.
Bir şaxs ayni bir orden, medal bilan, qoida tariqasida, bir marta taqdirlanadi. Orden, medallar bilan taqdirlaş şaxsning vafotidan keyin ham amalga oşirilişi mumkin. Fuqarolar navbatdagi mukofotga avval mukofot bilan taqdirlangan vaqtidan keyin kamida 3 yil ötgaç taqdim etiladilar. Favqulodda hollarda avval taqdirlangan vaqtidan qat'i nazar taqdim etilişlari mumkin.
Har bir orden va medal Özbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiklangan öz Nizom va tavsifiga ega. Orden va medallar, orden va medallarga oid tegişli hujjat tantanali vaziyatda topşiriladi. Orden va medal bilan mukofotlangan şaxslar bir yöla tölanadigan pul mukofoti oladilar va qonun hujjatlarida belgilab qöyiladigan imtiyozlardan foydalanadilar. Orden, medal bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda, orden, medal, mukofotlaş töğrisidagi hujjat va bir yöla tölanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topşiriladi.
Ö.R.o. va m., odatda, umumdavlat bayramlari hamda boşqa bayramlar va tantanali majlislar vaqtida taqib yuriladi. Boşqa hollarda esa nişondorlar ÖzRning yo orden, medallarini, yoxud ularning plankalardagi lentalarini taqib yurişlari mumkin.
Ö.R.o. va m.ni, plankalardagi orden lentalari, medal lentalarini taqib yuriş qoidalari hamda orden va medallar lentalarining tavsifi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 6 apr.dagi 1095son farmoniga ilovada bayon qilingan.
Ö.R.o. va m.dan şaxs oğir jinoyat sodir etgani uçun hukm qilinganida — sudning taqdimnomasiga binoan; şaxs öz şa'nini badnom etuvçi xattiharakatlar sodir etganida — taqdirlaş töğrisida taqdimnoma kiritiş huquqiga ega bölgan organning taqdimnomasiga binoan mahrum etiladi.
Özbekiston Respublikasining or-
denlari:
«Mustaqillik» ordeni — Özbekiston Resggublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan Özbekiston xalq yozuvçisi marxum Abdulla Qodiriy (Julqunboy) (1994 yil), Özbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov (Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 yil 29 avg. qarori bilan), marhum şoir Abdulhamid Sulaymon öğli Çölpon (1999 yil 24 avg.) mukofotlangan (yana q. «Mustaqillik» ordeni).
Amir Temur ordeni — Özbekiston Respublikasining 1996 yil 26 apr. Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan Samarqand va Şahrisabz şaharlari (1996 yil 28 avg.), Özbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Abduğaniyeviç Karimov (Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dek. qarori bilan), Andijon viloyati (2003 yil 22 avg.), şaxmat böyiça jahon birinçiligining ğolibi Rustam Qosimjonov (2004 yil 14 iyun) mukofotlangan (yana q. Amir Temur ordeni).
Jaloliddin Manguberdi ordeni — Özbekiston Respublikasining 2000 yil 30 avg. Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan Xorazm viloyati (2003 yil 22 avg.), Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 1-örinbosari, Özbekiston Respublikasi Qurolli kuçlari birlaşgan ştabining boşliği Ismoil Ergaşev, Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining örinbosari, Janubi-Ğarbiy maxsus harbiy okrug qöşinlari qömondoni Alişer Jumamurotoviç Sobirov, Özbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Muyidjon Vahhoboviç Tohiriy mukofotlangan (yana q. Jaloliddin Manguberdi ordeni).
«Buyuk xizmatlari uçun» ordeni — Özbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avg. Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan Özbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlarning fuqarolari fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirişdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirişga hamda Özbekistonning xalqaro obrösini oşirişga qara tilgan içki va taşqi siyosatni amalga oşiriş işiga sezilarli hissa qöşganligi uçun taqdirlanadilar. Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 darajali (probali) qumuşdan tayyorlanadi va 8 qirrali musamman körinişida bölib, uning qirralari yoqut rangda tayyorlangan. Ordenning qalinligi 8 mm, oğirligi 65 g.
«Elyurt hurmati» ordeni — Özbekiston Respublikasining 1998 yil 28 avg. Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlaşga, milliy ma'naviyatni, madaniyatni yuksaltirişga katta hissa qöşgan, öz mehnati, ilmiy, jamoat işi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bp jamoatçilikning izzathurmatiga sa zovor bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham mukofotlanişlari mumkin. Orden 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumuşdan tayyorlanadi va u 2 yoqlama nurlar taraluvçi 8 qirrali yulduz şaklida böladi.
«Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni — Özbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avg. Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalişiga, mudofaa qudratini kuçaytiriş va milliy xavfsizligini ta'minlaşga, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkam laşga, xalq farovonligini oşirişga katta hissa qöşgan, özining iste'dodi, bilim va tajribasini Vatan ravnaqiga baxş etib, fidoyilik namunasini körsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatçilar mukofotlanadi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham mukofotlanişi mumkin. Orden 1 mikron qalinlikdagi oltin qoplangan 925 probali kumuşdan tayyorlanadi hamda 8 qirrali yoqut rangli yulduz şaklida böladi.
«Mehnat şuhrati» ordeni — Özbekiston Respublikasining 1995 y. 30 avg. Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan Özbekiston Respublikasi fuqarolari Özbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalişiga, xalq farovonligi oşişiga, tinçlik va barqarorlik saklanişiga xizmat qiladigan ulkan işlari uçun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham mukofotlanişi mumkin. Orden 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumuşdan tayyorlanadi. Orden markaz qismidan nurlar taralib turgan yaşil dafna novdalari bilan öralgan börtma notötri ellips şaklidadir.
I va II darajali «Soglom avlod uçun» ordeni — Özbekiston Respublikasining 1993 yil 7 may Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan kişilar onalik va bolalikni muhofaza qilişdagi, soğlom avlodni kamol toptiriş uçun eng yaxşi moddiy şaroit va axloqiy muhitni ta'minlaşdagi alohida xizmatlari uçun mukofotlanadilar. Şuningdek, Özbekiston Respublikasining fuqarosi bölmagan kişilar ham mukofotlanişlari mumkin. I darajali orden yuqori darajali hisoblanadi. Mukofotlaş, qoida tariqasida, quyidagi tartibda: avval II darajali, oradan kamida 3 yil ötgandan keyin I darajali orden bilan taqdirlaş tarzida amalga oşiriladi. I darajali «Soğlom avlod uçun» ordeni oltin suvi yugurtirilgan 925 probali qumuşdan tayyorlanib, 34 mm diametrdagi töğri doira şakliga ega. II darajali «Soğlom avlod uçun» ordeni 925 probali kumuşdan tayyorlanadi.
I va II darajali «Şonşaraf» ordeni — Özbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avg. Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan Özbekiston Respublikasi fuqarolari Vatanni himoya qilişda fidoyilik va mardlik uçun, Özbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlaş, qurolli kuçlarning jangovar tayyorgarligini oşiriş va huquqtartibotni ta'minlaş işidagi katta xizmatlari uçun mukofotlanadilar. Mustasno hollarda Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham mukofotlanişi mumkin. «Şonşaraf» ordeni 2 darajadan iborat: I darajali «Şonşaraf» ordeni; II darajali «Şonşaraf» ordeni. Ordenning oliy darajasi I darajadir. Mukofotlaş, qoida tariqasida, kamida 3 yil oralatib: II darajali va I darajali navbatida amalga oşiriladi. I darajali «Şonşaraf» ordeni 0,25 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumuşdan tayyorlanadi. II darajali «Şonşaraf» ordeni 925 probali kumuşdan tayyorlanadi. Har ikkala darajali ordenning asosi xiyol börtma şakldagi 8 qirrali yulduz körinişida bölib, uning markazidan uçi tugal nurlar taralib turadi.
«Döstlik» ordeni — Özbekiston Respublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu orden bilan Özbekiston Respublikasining fuqarolari Özbekistonda yaşayotgan barça millat va elatlarning vakillari örtasida döstlik, özaro hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlaş işida erişgan katta yutuqlari, Özbekiston xalqining boşqa mamlakatlar xalqlari bilan döstlik va har taraflama hamkorligini rivojlantirganliklari uçun mukofotlanadilar. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar ham mukofotlanişi mumkin. Orden 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan tompakdan tayyorlanadi va u bir-biriga joylaştirilgan turli kattalikdagi, markazi bitta bölgan 2 ta 8 qirrali yulduz şaklida böladi.
Özbekiston Respublikasining me-
dallari:
«Oltin yulduz» medali — q. «Özbekiston Qahramoni».
«Jasorat» medali — Özbekiston Respublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu medal bilan Özbekiston Respublikasi harbiy xizmatçilari, Milliy xavfsizlik xizmatining va içki işlar organlarining xodimlari respublikaning milliy xavfsizligini ta'minlaş, jamoat tartibini saqlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraşda, harbiy burçni yoki xizmat burçini ado etiş vaqtida körsatgan mardlik va jasoratlari uçun mukofotlanadilar. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi fuqarolari yoki Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar tabiiy ofat, yonğin va boşqalar favqulodda holatlar vaqtida jamoat tartibini saqlaşda odamlar hayotini, davlat va jamoat mulkini saqlab qolişda körsatgan jasoratlari uçun mukofotlanişlari mumkin. Medal dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinliqda tilla qoplangan mis qotişmasidan tayyorlanadi va diametri 34 mm li doira şaklida böladi.
«Şuhrat» medali — Özbekiston Respublikasining 1994 yil 5 may Qonuni bilan ta'sis etilgan. Bu medal bilan respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyatini rivojlantiriş, yoş avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş işida özining halol mehnati bilan katta yutuqlarga erişgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari hamda Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölmagan şaxslar mukofotlanadilar. Medal dastlab 0,5 mikron qalinliqda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan mis qotişmasidan tayyorlanadi va qisman turli rangdagi emal berilgan böladi. Medal diametri 34 mm li doira şaklida.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИНИНГ ОРДЕН ВА МЕДАЛЛАРИ — Ўзбекистон Республикасининг давлат мукофотлари. Улар билан Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари меҳнат ва жанговар хизматлари, самарали давлат, ижтимоий ва ижодий фаолиятлари учун тақдирланишлари мумкин. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси учун хизмат кўрсатган чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахслар ҳам, айрим ҳолларда корхоналар, муассасалар, ташкилотлар, жамоат бирлашмалари, ижодий жамоалар ва ҳарбий бўлинмалар, Ўзбекистон Республикаси маъмурийҳудудий бирликлари ҳам мукофотланиши мумкин. «Давлат мукофотлари тўғрисида» Ўзбекистон Республикасининг қонуни (1995 йил 22 дек.)га кўра, орден ва медаллар Олий Мажлис томонидан таъсис этилади, орден ва медаллар билан Ўзбекистон Республикасининг Президенти такдирлайди.
Орден, медаль билан мукофотлашга тақдим этиш, мукофотлаш ва орден, .медални топшириш қонунда назарда тутилган тартибда амалга оширилади. Орден, медаллар билан тақдирлаш тўғрисидаги фармонлар оммавий ахборот воситаларида эълон қилинади.
Бир шахс айни бир орден, медаль билан, қоида тариқасида, бир марта тақдирланади. Орден, медаллар билан тақдирлаш шахснинг вафотидан кейин ҳам амалга оширилиши мумкин. Фуқаролар навбатдаги мукофотга аввал мукофот билан тақдирланган вақтидан кейин камида 3 йил ўтгач тақдим этиладилар. Фавқулодда ҳолларда аввал тақдирланган вақтидан қатъи назар тақдим этилишлари мумкин.
Ҳар бир орден ва медаль Ўзбекистон Республикаси Қонуни билан тасдикланган ўз Низом ва тавсифига эга. Орден ва медаллар, орден ва медалларга оид тегишли ҳужжат тантанали вазиятда топширилади. Орден ва медаль билан мукофотланган шахслар бир йўла тўланадиган пул мукофоти оладилар ва қонун ҳужжатларида белгилаб қўйиладиган имтиёзлардан фойдаланадилар. Орден, медаль билан вафотидан кейин мукофотланган тақдирда, орден, медаль, мукофотлаш тўғрисидаги ҳужжат ва бир йўла тўланадиган пул мукофоти мукофотланганнинг оиласига топширилади.
Ў.Р.о. ва м., одатда, умумдавлат байрамлари ҳамда бошқа байрамлар ва тантанали мажлислар вақтида тақиб юрилади. Бошқа ҳолларда эса нишондорлар ЎзРнинг ё орден, медалларини, ёхуд уларнинг планкалардаги ленталарини тақиб юришлари мумкин.
Ў.Р.о. ва м.ни, планкалардаги орден ленталари, медаль ленталарини тақиб юриш қоидалари ҳамда орден ва медаллар ленталарининг тавсифи Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1995 йил 6 апр.даги 1095сон фармонига иловада баён қилинган.
Ў.Р.о. ва м.дан шахс оғир жиноят содир этгани учун ҳукм қилинганида — суднинг тақдимномасига биноан; шахс ўз шаънини бадном этувчи хаттиҳаракатлар содир этганида — тақдирлаш тўғрисида тақдимнома киритиш ҳуқуқига эга бўлган органнинг тақдимномасига биноан маҳрум этилади.
Ўзбекистон Республикасининг ор-
денлари:
«Мустақиллик» ордени — Ўзбекистон Ресггубликасининг 1994 йил 5 май Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан Ўзбекистон халқ ёзувчиси мархум Абдулла Қодирий (Жулқунбой) (1994 йил), Ўзбекистон Республикасининг Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримов (Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1996 йил 29 авг. қарори билан), марҳум шоир Абдулҳамид Сулаймон ўғли Чўлпон (1999 йил 24 авг.) мукофотланган (яна қ. «Мустақиллик» ордени).
Амир Темур ордени — Ўзбекистон Республикасининг 1996 йил 26 апр. Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан Самарқанд ва Шаҳрисабз шаҳарлари (1996 йил 28 авг.), Ўзбекистон Республикасининг Президенти Ислом Абдуғаниевич Каримов (Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг 1997 йил 26 дек. қарори билан), Андижон вилояти (2003 йил 22 авг.), шахмат бўйича жаҳон биринчилигининг ғолиби Рустам Қосимжонов (2004 йил 14 июнь) мукофотланган (яна қ. Амир Темур ордени).
Жалолиддин Мангуберди ордени — Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 30 авг. Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан Хоразм вилояти (2003 йил 22 авг.), Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирининг 1-ўринбосари, Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучлари бирлашган штабининг бошлиғи Исмоил Эргашев, Ўзбекистон Республикаси Мудофаа вазирининг ўринбосари, Жануби-Ғарбий махсус ҳарбий округ қўшинлари қўмондони Алишер Жумамуротович Собиров, Ўзбекистон Республикаси Миллий хавфсизлик хизмати ходими Муйиджон Ваҳҳобович Тоҳирий мукофотланган (яна қ. Жалолиддин Мангуберди ордени).
«Буюк хизматлари учун» ордени — Ўзбекистон Республикасининг 1996 йил 29 авг. Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ҳамда хорижий давлатларнинг фуқаролари фан ва техникани, иқтисодиёт ва маданиятни ривожлантиришдаги катта хизматлари, давлатлараро ҳамкорликни ривожлантиришга ҳамда Ўзбекистоннинг халқаро обрўсини оширишга қара тилган ички ва ташқи сиёсатни амалга ошириш ишига сезиларли ҳисса қўшганлиги учун тақдирланадилар. Орден 1 микрон қалинликдаги олтин қопланган 925 даражали (пробали) қумушдан тайёрланади ва 8 қиррали мусамман кўринишида бўлиб, унинг қирралари ёқут рангда тайёрланган. Орденнинг қалинлиги 8 мм, оғирлиги 65 г.
«Элюрт ҳурмати» ордени — Ўзбекистон Республикасининг 1998 йил 28 авг. Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан мамлакат мустақиллигини, унинг иқтисодий қудратини мустаҳкамлашга, миллий маънавиятни, маданиятни юксалтиришга катта ҳисса қўшган, ўз меҳнати, илмий, жамоат иши, меҳнатсеварлиги ва ватанпарварлиги бп жамоатчиликнинг иззатҳурматига са зовор бўлган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари мукофотланадилар. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлмаган шахслар ҳам мукофотланишлари мумкин. Орден 1 микрон қалинликдаги тилла қопланган 925 пробали кумушдан тайёрланади ва у 2 ёқлама нурлар таралувчи 8 қиррали юлдуз шаклида бўлади.
«Фидокорона хизматлари учун» ордени — Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 29 авг. Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан мамлакатнинг иқтисодий ва маданий юксалишига, мудофаа қудратини кучайтириш ва миллий хавфсизлигини таъминлашга, жамиятда тинчлик ва барқарорликни, миллатлараро ҳамжиҳатликни мустаҳкам лашга, халқ фаровонлигини оширишга катта ҳисса қўшган, ўзининг истеъдоди, билим ва тажрибасини Ватан равнақига бахш этиб, фидойилик намунасини кўрсатиб келаётган фуқаролар ва ҳарбий хизматчилар мукофотланади. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлмаган шахслар ҳам мукофотланиши мумкин. Орден 1 микрон қалинликдаги олтин қопланган 925 пробали кумушдан тайёрланади ҳамда 8 қиррали ёқут рангли юлдуз шаклида бўлади.
«Меҳнат шуҳрати» ордени — Ўзбекистон Республикасининг 1995 й. 30 авг. Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан Ўзбекистон Республикаси фуқаролари Ўзбекистонда иқтисодиёт ва маданият юксалишига, халқ фаровонлиги ошишига, тинчлик ва барқарорлик сакланишига хизмат қиладиган улкан ишлари учун мукофотланадилар. Мустасно ҳолларда Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлмаган шахслар ҳам мукофотланиши мумкин. Орден 0,25 микрон қалинликда тилла қопланган 925 пробали кумушдан тайёрланади. Орден марказ қисмидан нурлар таралиб турган яшил дафна новдалари билан ўралган бўртма нотўтри эллипс шаклидадир.
I ва II даражали «Соглом авлод учун» ордени — Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 май Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан кишилар оналик ва болаликни муҳофаза қилишдаги, соғлом авлодни камол топтириш учун энг яхши моддий шароит ва ахлоқий муҳитни таъминлашдаги алоҳида хизматлари учун мукофотланадилар. Шунингдек, Ўзбекистон Республикасининг фуқароси бўлмаган кишилар ҳам мукофотланишлари мумкин. I даражали орден юқори даражали ҳисобланади. Мукофотлаш, қоида тариқасида, қуйидаги тартибда: аввал II даражали, орадан камида 3 йил ўтгандан кейин I даражали орден билан тақдирлаш тарзида амалга оширилади. I даражали «Соғлом авлод учун» ордени олтин суви югуртирилган 925 пробали қумушдан тайёрланиб, 34 мм диаметрдаги тўғри доира шаклига эга. II даражали «Соғлом авлод учун» ордени 925 пробали кумушдан тайёрланади.
I ва II даражали «Шоншараф» ордени — Ўзбекистон Республикасининг 1995 йил 30 авг. Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан Ўзбекистон Республикаси фуқаролари Ватанни ҳимоя қилишда фидойилик ва мардлик учун, Ўзбекистонда мудофаа қудратини ва миллий хавфсизликни мустаҳкамлаш, қуролли кучларнинг жанговар тайёргарлигини ошириш ва ҳуқуқтартиботни таъминлаш ишидаги катта хизматлари учун мукофотланадилар. Мустасно ҳолларда Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлмаган шахслар ҳам мукофотланиши мумкин. «Шоншараф» ордени 2 даражадан иборат: I даражали «Шоншараф» ордени; II даражали «Шоншараф» ордени. Орденнинг олий даражаси I даражадир. Мукофотлаш, қоида тариқасида, камида 3 йил оралатиб: II даражали ва I даражали навбатида амалга оширилади. I даражали «Шоншараф» ордени 0,25 микрон қалинликдаги тилла қопланган 925 пробали кумушдан тайёрланади. II даражали «Шоншараф» ордени 925 пробали кумушдан тайёрланади. Ҳар иккала даражали орденнинг асоси хиёл бўртма шаклдаги 8 қиррали юлдуз кўринишида бўлиб, унинг марказидан учи тугал нурлар таралиб туради.
«Дўстлик» ордени — Ўзбекистон Республикасининг 1994 йил 5 май Қонуни билан таъсис этилган. Бу орден билан Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари Ўзбекистонда яшаётган барча миллат ва элатларнинг вакиллари ўртасида дўстлик, ўзаро ҳамжиҳатлик ва тотувликни мустаҳкамлаш ишида эришган катта ютуқлари, Ўзбекистон халқининг бошқа мамлакатлар халқлари билан дўстлик ва ҳар тарафлама ҳамкорлигини ривожлантирганликлари учун мукофотланадилар. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлмаган шахслар ҳам мукофотланиши мумкин. Орден 1 микрон қалинликда тилла қопланган томпакдан тайёрланади ва у бир-бирига жойлаштирилган турли катталикдаги, маркази битта бўлган 2 та 8 қиррали юлдуз шаклида бўлади.
Ўзбекистон Республикасининг ме-
даллари:
«Олтин юлдуз» медали — қ. «Ўзбекистон Қаҳрамони».
«Жасорат» медали — Ўзбекистон Республикасининг 1994 йил 5 май Қонуни билан таъсис этилган. Бу медаль билан Ўзбекистон Республикаси ҳарбий хизматчилари, Миллий хавфсизлик хизматининг ва ички ишлар органларининг ходимлари республиканинг миллий хавфсизлигини таъминлаш, жамоат тартибини сақлаш ва жиноятчиликка қарши курашда, ҳарбий бурчни ёки хизмат бурчини адо этиш вақтида кўрсатган мардлик ва жасоратлари учун мукофотланадилар. Шунингдек, Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ёки Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлмаган шахслар табиий офат, ёнғин ва бошқалар фавқулодда ҳолатлар вақтида жамоат тартибини сақлашда одамлар ҳаётини, давлат ва жамоат мулкини сақлаб қолишда кўрсатган жасоратлари учун мукофотланишлари мумкин. Медаль дастлаб 0,5 микрон қалинликда никель, кейин эса 0,25 микрон қалинлиқда тилла қопланган мис қотишмасидан тайёрланади ва диаметри 34 мм ли доира шаклида бўлади.
«Шуҳрат» медали — Ўзбекистон Республикасининг 1994 йил 5 май Қонуни билан таъсис этилган. Бу медаль билан республика иқтисодиёти, фани ва маданиятини ривожлантириш, ёш авлодни ватанпарварлик ҳамда миллий истиқлол ва ижтимоий тараққиёт ғояларига садоқат руҳида тарбиялаш ишида ўзининг ҳалол меҳнати билан катта ютуқларга эришган Ўзбекистон Республикаси фуқаролари ҳамда Ўзбекистон Республикаси фуқароси бўлмаган шахслар мукофотланадилар. Медаль дастлаб 0,5 микрон қалинлиқда никель, кейин эса 0,25 микрон қалинликда тилла қопланган мис қотишмасидан тайёрланади ва қисман турли рангдаги эмаль берилган бўлади. Медаль диаметри 34 мм ли доира шаклида.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.