Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Panço Vladigerov

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 212-b. — ziyouz.com

    Vladigerov Panço (1899.1.3, Syurix — 1978, Sofiya) — bolgar kompozitori, pianinoçi, dirijyor va pedagog. Bolgariya xalq artista (1949). Mil-liy kompozitorlik maktabining yirik vakili. Ijodida bolgar musiqa folkloridan keng foydalangan, zamonaviy bolgar musiqasining qator janrlari (konsert, sonata, fortepiano musiqasi va b.)ga asos solgan. Romantik, kötarinki ruh b-n suğorilgan musiqiy obrazlariing yorqinligi, garmoniyaning nafisligi, orkestr vositalarining boyligi V. uslubiga xos. «Vardar» rapsodiyasi (1922), fortepiano konsertlari (5 ta, 1918—62), «Şoh Kaloyan» opsrasi (1936) maşhur.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВЛАДИГЕРОВ Панчо (1899.1.3, Цюрих — 1978, София) — болгар композитори, пианиночи, дирижёр ва педагог. Болгария халқ артиста (1949). Мил-лий композиторлик мактабининг йирик вакили. Ижодида болгар мусиқа фольклоридан кенг фойдаланган, замонавий болгар мусиқасининг қатор жанрлари (концерт, соната, фортепиано мусиқаси ва б.)га асос солган. Романтик, кўтаринки руҳ б-н суғорилган мусиқий образлариинг ёрқинлиги, гармониянинг нафислиги, оркестр воситаларининг бойлиги В. услубига хос. «Вардар» рапсодияси (1922), фортепиано концертлари (5 та, 1918—62), «Шоҳ Калоян» опсраси (1936) машҳур.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.