Panel
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 43–44-b. — ziyouz.com
Panel (nem. Paneel) — 1) quriliş konstruksiyasining z-dda tayyorlanadigan yirik ölçamli yassi elementi. P. tayyorlanayotganda deraza va eşik örinlari qoldiriladi; 2) devor va b.ning bezak qoplamasi (yoğoç, plastmassa, moy-böyoqli va b.); 3) köça çetida piyo-dalar uçun asfalt-beton, toş va b.dan töşalgan yölkalar; 4) elektr şçitlari, boşqaruv pultlari, radiotexnik qurilmalar, asboblar va b.ning signal, nazorat, ölçaş va b. apparatlari joylaştirilgan qismi; 5) fermaning asosiy nagruzkani qabul qiladigan ikki qöşni uzeli orasidagi qismi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ПАНЕЛЬ (нем. Paneel) — 1) қурилиш конструкциясининг з-дда тайёрланадиган йирик ўлчамли ясси элементи. П. тайёрланаётганда дераза ва эшик ўринлари қолдирилади; 2) девор ва б.нинг безак қопламаси (ёғоч, пластмасса, мой-бўёқли ва б.); 3) кўча четида пиё-далар учун асфальт-бетон, тош ва б.дан тўшалган йўлкалар; 4) электр шчитлари, бошқарув пультлари, радиотехник қурилмалар, асбоблар ва б.нинг сигнал, назорат, ўлчаш ва б. аппаратлари жойлаштирилган қисми; 5) ферманинг асосий нагрузкани қабул қиладиган икки қўшни узели орасидаги қисми.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.