Paratireoid gormon
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 73-b. — ziyouz.com
Paratireoid gormon PARATIREOID GORMON, paratgormon — odam va hayvonlarning qalqonsimon bez oldi bezlarida hosil böladigan gormon. 1925 y.da kanadalik olim J. Kollip tomonidan buqaning qalqonsimon bezidan ajratib olingan. Suyaklardan qonga kalsiy çiqişini, buyraklardan kalsiy va fosfat ajralişini kuçaytiradi. Kimyoviy tabiatiga köra — polipeptid.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ПАРАТИРЕОИД ГОРМОН, паратгормон — одам ва ҳайвонларнинг қалқонсимон без олди безларида ҳосил бўладиган гормон. 1925 й.да канадалик олим Ж. Коллип томонидан буқанинг қалқонсимон безидан ажратиб олинган. Суяклардан қонга кальций чиқишини, буйраклардан кальций ва фосфат ажралишини кучайтиради. Кимёвий табиатига кўра — полипептид.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.