Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Patriarx

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 119-b. — ziyouz.com

    Patriarx (yun. pater — ota va archo — boşqaraman) — çerkov iyerarxiya-sida oliy unvon. Xristian çerkovidagi Rim, Konstantinopol, Aleksandriya, Antioxiya, Quddus yepiskoplarida şu unvon bölgan. Hoz. pravosla-viyeda oliy diniy lavozim, avtokefal çerkovi boşliği. Çerkov yiğinida saylanadi. Rus pravoslav çerkovida P.lik lavozimi 1589— 1700 y.larda bölgan, 1917 y. 5(18) noyab. da qayta tiklangan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПАТРИАРХ (юн. pater — ота ва archo — бошқараман) — черков иерархия-сида олий унвон. Христиан черковидаги Рим, Константинополь, Александрия, Антиохия, Қуддус епископларида шу унвон бўлган. Ҳоз. правосла-виеда олий диний лавозим, автокефал черкови бошлиғи. Черков йиғинида сайланади. Рус православ черковида П.лик лавозими 1589— 1700 й.ларда бўлган, 1917 й. 5(18) нояб. да қайта тикланган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.