Pektin moddalari
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 151–152-b. — ziyouz.com
Pektin moddalari PEKTIN MODDALARI, pektinlar (yun. pektos — birikkan, qovuşgan, muzlagan) — barça quruqlik ösimliklari va bir qator suvötlar tarkibidagi eriydigan (eriydigan pektin) va erimaydigan (protopektin) yuqori mo-lekulali polisaxaridlar. P.m. mevalar va rezavor-mevalar, kanop poyasi, qand lavlagi tarkibida ayniqsa köp böladi. Kimyoviy tabiatiga köra tarmoqlanmagan poligalakturanidlar — galakturan kislota polimerlaridan iborat. P.m.ning tarkibiga neytral monosaxaridlar — galaktoza, ramnoza, arabino-za, ksiloza ham kiradi. P.m. 4 guruhga: pektokislotalar, pektin kislotalar, pektinlar va propektinlarga bölinadi. Şulardan pektinlarning ahamiyati mu-him. Pektinlar sitrus mevalari, olma va tarvuzdan olinadi. P.m. oziq-ovqat sanoatida jem, jele, meva konservantlari va b. tayyorlaşda işlatiladi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ПЕКТИН МОДДАЛАРИ, пектинлар (юн. pektos — бириккан, қовушган, музлаган) — барча қуруқлик ўсимликлари ва бир қатор сувўтлар таркибидаги эрийдиган (эрийдиган пектин) ва эримайдиган (протопектин) юқори мо-лекулали полисахаридлар. П.м. мевалар ва резавор-мевалар, каноп пояси, қанд лавлаги таркибида айниқса кўп бўлади. Кимёвий табиатига кўра тармоқланмаган полигалактуранидлар — галактуран кислота полимерларидан иборат. П.м.нинг таркибига нейтрал моносахаридлар — галактоза, рамноза, арабино-за, ксилоза ҳам киради. П.м. 4 гуруҳга: пектокислоталар, пектин кислоталар, пектинлар ва пропектинларга бўлинади. Шулардан пектинларнинг аҳамияти му-ҳим. Пектинлар цитрус мевалари, олма ва тарвуздан олинади. П.м. озиқ-овқат саноатида жем, желе, мева консервантлари ва б. тайёрлашда ишлатилади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.