Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Peripter

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 167-b. — ziyouz.com

    Peripter (yun.peripteros — kolonnalar b-n öralgan) — arxaik va klassik davrdagi yunon ibodatxonasining asosiy turlaridan. 4 tomonidan ustunlar b-n öralgan töğri burçakli bino. P. içi yarim oçiq qism (pronaos), asosiy xona( naos) va undan ajratib orqa tomonga qurilgan pastqam xona — opistodom (undan köproq ğaznaxona sifatida foydalanilgan)dan iborat. P.ning taşqi körinişi (şakli)dan klassitsizm davri me'morlari unumli foydalanganlar.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПЕРИПТЕР (юн.peripteros — колонналар б-н ўралган) — архаик ва классик даврдаги юнон ибодатхонасининг асосий турларидан. 4 томонидан устунлар б-н ўралган тўғри бурчакли бино. П. ичи ярим очиқ қисм (пронаос), асосий хона( наос) ва ундан ажратиб орқа томонга қурилган пастқам хона — опистодом (ундан кўпроқ ғазнахона сифатида фойдаланилган)дан иборат. П.нинг ташқи кўриниши (шакли)дан классицизм даври меъморлари унумли фойдаланганлар.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.