Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Perxlorat kislota

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 185-b. — ziyouz.com

    Perxlorat kislota PERXLORAT KISLOTA, HC1O4 -rangsiz, havoda tutovçi gifoskopik suyuklik. Suvdagi eritmasi kaliy perxlo-ratga sulfat kislota ta'sir ettirib olinadi. P.k. xlorning kislorodli kislotalaridan eng barqarori va ma'lum kislotalar içida eng kuçlisi hisoblanadi. Kuçli oksidlovçilardan. Oddiy t-rada reaksiyaga kirişmaydi, qizdirilganda, konsentrlanganda reaksiyaga şiddatli kirişadi. Organik moddalar b-n reaksiyaga kirişganida portlaş yuz beradi. Murakkab rudalarni parçalaşda, minerallarni analiz qilişda, katalizator sifatida qöllanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПЕРХЛОРАТ КИСЛОТА, НС1О4 -рангсиз, ҳавода тутовчи гифоскопик суюклик. Сувдаги эритмаси калий перхло-ратга сульфат кислота таъсир эттириб олинади. П.к. хлорнинг кислородли кислоталаридан энг барқарори ва маълум кислоталар ичида энг кучлиси ҳисобланади. Кучли оксидловчилардан. Оддий т-рада реакцияга киришмайди, қиздирилганда, концентрланганда реакцияга шиддатли киришади. Органик моддалар б-н реакцияга киришганида портлаш юз беради. Мураккаб рудаларни парчалашда, минералларни анализ қилишда, катализатор сифатида қўлланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.