Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Pianino

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 202-b. — ziyouz.com

    Pianino (ital. pianino — kiçik fortepiano) — torli urma-klavişli musiqa çolğusi, fortepiano turi. Royaldan torlari, dekasi (rezonans tax-tasi) va mexanikasining vertikal joylaşganligi, tovuşi unça kuçli va rang-barang bölmaganligi b-n farkla-nadi. P.ning zamonaviy turi Ameri-kada J.I.Xokins (1800), Avstriyada M.Myuller (1801), Angliyada T.Laud (1802) yaratgan namunalari asosida yuzaga kelgan. 19-a. örtalarida P. hozirgi şakli va konstruksiyasi (çöyan rama, ustma-ust kesişib tortilgan torlar, pastki va yuqorigi dempferli mexanika, 7 oktavali diapazon)ga ega böldi. Bunday P.lar, asosan, xona (kabinet) ijrosiga möljallangan. Ba'zan konsert (7'/4 oktavali) P.lari ham uçraydi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПИАНИНО (итал. pianino — кичик фортепиано) — торли урма-клавишли мусиқа чолғуси, фортепиано тури. Роялдан торлари, декаси (резонанс тах-таси) ва механикасининг вертикал жойлашганлиги, товуши унча кучли ва ранг-баранг бўлмаганлиги б-н фаркла-нади. П.нинг замонавий тури Амери-када Ж.И.Хокинс (1800), Австрияда М.Мюллер (1801), Англияда Т.Лауд (1802) яратган намуналари асосида юзага келган. 19-а. ўрталарида П. ҳозирги шакли ва конструкцияси (чўян рама, устма-уст кесишиб тортилган торлар, пастки ва юқориги демпферли механика, 7 октавали диапазон)га эга бўлди. Бундай П.лар, асосан, хона (кабинет) ижросига мўлжалланган. Баъзан концерт (7’/4 октавали) П.лари ҳам учрайди.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.