Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Pilorospazm

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 215-b. — ziyouz.com

    Pilorospazm (yun. pyloros — me'daning çiqiş qismi va spasmos— qisiliş) — me'da çiqiş qismi (pilorus)ning qisilişi (spazmi). Me'da-içak yöli funksiyasining buzilişi natijasida paydo böladi. Nevrozlarda, me'da yarasida kuzatiladi. Köproq emadigan bolalarda uçraydi. Bunday bola emgan zahoti qusadi yoki hiqiçoq tutadi, kam siyadi, bezovtalanadi, köp yiğlaydi, qabziyat böla-di, ozib ketadi. Bemorni mutaxassis vraç davolaydi. Me'da yarasidagi P. davolanmasa, pilorostenozga aylanib, qisiliş doimiy bölib qoladi. Bunda bemorni fakat operatsiya qilib davolanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПИЛОРОСПАЗМ (юн. pyloros — меъданинг чиқиш қисми ва spasmos— қисилиш) — меъда чиқиш қисми (пилорус)нинг қисилиши (спазми). Меъда-ичак йўли функциясининг бузилиши натижасида пайдо бўлади. Неврозларда, меъда ярасида кузатилади. Кўпроқ эмадиган болаларда учрайди. Бундай бола эмган заҳоти қусади ёки ҳиқичоқ тутади, кам сияди, безовталанади, кўп йиғлайди, қабзият бўла-ди, озиб кетади. Беморни мутахассис врач даволайди. Меъда ярасидаги П. даволанмаса, пилоростенозга айланиб, қисилиш доимий бўлиб қолади. Бунда беморни факат операция қилиб даволанади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.