Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Pirogallol

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 225-b. — ziyouz.com

    Pirogallol PIROGALLOL, pirogallol kislota yoki 1,2, 3 — trigidrok-sibenzol — organik birikma, 3 atomli fenol; rangsiz, hidsiz, havoda qorayadigan kristall modda. Mol.m. 126,11, suyuklaniş t-rasi 133—134°, qaynaş t-rasi 309°. Suvda, spirtda va efirda yaxşi eriydi, zaharli, kuçli qaytaruvçi. P.ning işqoriy eritmalari molekulyar kislorodni tez va miqdoriy yutiş xususiyatiga ega bölgani sababli gazlarni analiz qilişda qöllanadi. Sanoatda galla kislotani kuruq haydab (dekarboksillab) olinadi. Analitik kimyoda, tibbiyotda va fotografiyada işlatiladi. Ba'zi bir böyagiçlarni sintez qilişda boşlanğiç modda hisoblanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПИРОГАЛЛОЛ, пирогаллол кислота ёки 1,2, 3 — тригидрок-сибензол — органик бирикма, 3 атомли фенол; рангсиз, ҳидсиз, ҳавода қораядиган кристалл модда. Мол.м. 126,11, суюкланиш т-раси 133—134°, қайнаш т-раси 309°. Сувда, спиртда ва эфирда яхши эрийди, заҳарли, кучли қайтарувчи. П.нинг ишқорий эритмалари молекуляр кислородни тез ва миқдорий ютиш хусусиятига эга бўлгани сабабли газларни анализ қилишда қўлланади. Саноатда галла кислотани куруқ ҳайдаб (декарбоксиллаб) олинади. Аналитик кимёда, тиббиётда ва фотографияда ишлатилади. Баъзи бир бўягичларни синтез қилишда бошланғич модда ҳисобланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.