Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Plunjer

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 269-b. — ziyouz.com

    Plunjer (ing. plunge — şönğimoq, botmoq) — porşenning bir turi; silliq sirti yaxlit silindrik jism; uzunligi diametriga nisbatan katta. Yonilği nasosidya yonilğini yuqori bosim ostida haydaş uçun işlatiladi. Bunda P. yonilği sizmasligi uçun gilza b-n birga (ularni bir-biriga işqalab) tayyorlanadi; ular P. jufti deb ataladi. P. nasoslar (rasmga k,.), gidravlik presslar va kötargiçlar, gidroyuritma zolotniklari va b.da qöllaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПЛУНЖЕР (инг. plunge — шўнғимоқ, ботмоқ) — поршеннинг бир тури; силлиқ сирти яхлит цилиндрик жисм; узунлиги диаметрига нисбатан катта. Ёнилғи насосидя ёнилғини юқори босим остида ҳайдаш учун ишлатилади. Бунда П. ёнилғи сизмаслиги учун гильза б-н бирга (уларни бир-бирига ишқалаб) тайёрланади; улар П. жуфти деб аталади. П. насослар (расмга к,.), гидравлик пресслар ва кўтаргичлар, гидроюритма золотниклари ва б.да қўлланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.