Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Pol Vayyan-Kutyurye

    Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 13-b. — ziyouz.com

    Vayyan-Kutyurye Pol (1892.8.1 -Parij — 1937.10.10) — fransuz yozuvçisi. 1-jahon uruşida qatnaşgan. «Körlar bazmi» (1927) hikoyalar töplami va «Iyul ota» (1927) fojiaviy komediyasida jamiyatdagi hukmdan tabaqa hayotining salbiy tomonlari tanqid qilingan. V.-K. 1931 y.da Özbekiston va Tojikistonda bölgan. «Temur yurtida» umumiy nom ostida oçerklar töplamini naşr ettirgan (1932). Bunda Özbekistan va Tojikiston xalklari, ularning urf-odatlari, marosimlari, özbek adabiyoti haqida ma'lumotlar beriladi. «Toşkentda şoirlar keçasi» nomli oçerkida özbek ijodkorlari Ğ. Ğulom, H. Olimjon va b. b-n muloqotda bölganligi haqida yozadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ВАЙЯН-КУТЮРЬЕ Поль (1892.8.1 -Париж — 1937.10.10) — француз ёзувчиси. 1-жаҳон урушида қатнашган. «Кўрлар базми» (1927) ҳикоялар тўплами ва «Июль ота» (1927) фожиавий комедиясида жамиятдаги ҳукмдан табақа ҳаётининг салбий томонлари танқид қилинган. В.-К. 1931 й.да Ўзбекистон ва Тожикистонда бўлган. «Темур юртида» умумий ном остида очерклар тўпламини нашр эттирган (1932). Бунда Ўзбекистан ва Тожикистон халклари, уларнинг урф-одатлари, маросимлари, ўзбек адабиёти ҳақида маълумотлар берилади. «Тошкентда шоирлар кечаси» номли очеркида ўзбек ижодкорлари Ғ. Ғулом, Ҳ. Олимжон ва б. б-н мулоқотда бўлганлиги ҳақида ёзади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.