Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Polzun

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 299-b. — ziyouz.com

    Polzun (rusça polzat — sirpanmoq), kreyskof — töğri çiziqli va yoysimon yönaltirgiçlar böylab ilgarilamaqaytma harakat hosil qiliş uçun işlatiladigan detal; krivoşipşatunli va kulisali mexa-nizmlarning zvenosi. Metall kesiş stanoklari (köndalang randalaş, tekis silliqlaş va b.) da P. keskiçni oldinga va orqaga harakatlantiradi. Içki yonuv dvigatellari, porşenli kompressorlar va b.da P. vazifasini porşen bajaradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПОЛЗУН (русча ползать — сирпанмоқ), крейцкоф — тўғри чизиқли ва ёйсимон йўналтиргичлар бўйлаб илгариламақайтма ҳаракат ҳосил қилиш учун ишлатиладиган деталь; кривошипшатунли ва кулисали меха-низмларнинг звеноси. Металл кесиш станоклари (кўндаланг рандалаш, текис силлиқлаш ва б.) да П. кескични олдинга ва орқага ҳаракатлантиради. Ички ёнув двигателлари, поршенли компрессорлар ва б.да П. вазифасини поршень бажаради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.