Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Pondişeri

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 342–343-b. — ziyouz.com

    Pondişeri PONDIŞERI, Puttuçeri -Hindistondagi şahar, Bengaliya qöltiği sohilidagi port. Pondişeri ittifoqdoş hududining ma'muriy markazi. Aholisi 500 ming kişidan ziyod (1990-y.lar örtalari). Ip gazlama sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. P.ni 1674 y.da fransuzlar qal'a sifatida bunyod etganlar. 1954 y.gaça Fransiyaning Hindistondagi mustamlaka yerlarining ma'muriy markazi. Öşa yildan Hin-diston tarkibida.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПОНДИШЕРИ, Путтучери -Ҳиндистондаги шаҳар, Бенгалия қўлтиғи соҳилидаги порт. Пондишери иттифоқдош ҳудудининг маъмурий маркази. Аҳолиси 500 минг кишидан зиёд (1990-й.лар ўрталари). Ип газлама саноати ривожланган. Озиқ-овқат саноати корхоналари мавжуд. П.ни 1674 й.да французлар қалъа сифатида бунёд этганлар. 1954 й.гача Франциянинг Ҳиндистондаги мустамлака ерларининг маъмурий маркази. Ўша йилдан Ҳин-дистон таркибида.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.