Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Potensial energiya

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 369-b. — ziyouz.com

    Potensial energiya - mexanik tizim umumiy energiyasining ma'lum uluşi. U şu tizimni taşkil etgan zarralarning özaro joylaşişi va taşki kuç maydonidagi (mas, gravi-tatsion maydon) vaziyatiga boğliq. P. e. tuşunçasi konservativ (kinetik va potensial energiyasi özgarmay qoladigan) tizimlar uçun örinlidir, ya'ni bunday tizimga ta'sir qilayotgan kuçlarning işi tizimning boşlanğiç va oxirgi vaziyatiga boğliq.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПОТЕНЦИАЛ ЭНЕРГИЯ - механик тизим умумий энергиясининг маълум улуши. У шу тизимни ташкил этган зарраларнинг ўзаро жойлашиши ва ташки куч майдонидаги (мас, грави-тацион майдон) вазиятига боғлиқ. П. э. тушунчаси консерватив (кинетик ва потенциал энергияси ўзгармай қоладиган) тизимлар учун ўринлидир, яъни бундай тизимга таъсир қилаётган кучларнинг иши тизимнинг бошланғич ва охирги вазиятига боғлиқ.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.