Prokuratura
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 402-b. — ziyouz.com
Prokuratura (lot. procurare — ğam-xörlik qiliş) — ayrim mamlakatlarda jinoiy işlarni qözğatiş, ayblovni yoqlaş, sud protsessida davlat man-faatlarini himoya qiliş vakolatlari yuklatilgan maxsus davlat organi (organlar tizimi). Dastlab 13—14-a.larda Fransiyada yuzaga kelgan. Bir qança mamlakatlarda P.ga barça fuqarolar, taşkilotlar va mansabdor şaxslarning qonunlarni aniq va bir xilda bajarişi ustidan nazorat qiliş va-zifasi ham kiradi. Muayyan mamlakatlarda P. sudning tarkibiy qismi hisoblanadi, boşqalarida esa taşkiliy jihatdan undan ajratilgan (q. Özbekiston Respublikasi prokuraturasi).
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ПРОКУРАТУРА (лот. procurare — ғам-хўрлик қилиш) — айрим мамлакатларда жиноий ишларни қўзғатиш, айбловни ёқлаш, суд процессида давлат ман-фаатларини ҳимоя қилиш ваколатлари юклатилган махсус давлат органи (органлар тизими). Дастлаб 13—14-а.ларда Францияда юзага келган. Бир қанча мамлакатларда П.га барча фуқаролар, ташкилотлар ва мансабдор шахсларнинг қонунларни аниқ ва бир хилда бажариши устидан назорат қилиш ва-зифаси ҳам киради. Муайян мамлакатларда П. суднинг таркибий қисми ҳисобланади, бошқаларида эса ташкилий жиҳатдан ундан ажратилган (қ. Ўзбекистон Республикаси прокуратураси).
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.