Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Punksiya

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 445–446-b. — ziyouz.com

    Punksiya (lot. punctio — sançiş) — davo yoki diagnostika maqsadida organizmdagi biror böşliq, tomir devo-ri, parenximatoz organ va b.ga şprits ignasi sançiş muolajasi. Diagnostik P. biror böşliq (mas, plevra)dagi suyuqlikni sitologik, biokimyo-viy, bakteriologik tekşiriş, şuningdek, yirik tomirlar, orqa miya kanali va h.k. bosimini ölçaş yoki böşliqqa biror modda yuborişda qöllanadi. Davo P.sidan köproq organizmdagi kasal a'zodan patologik suyuklik yoki havoni çiqarib taşlaş (mas, plevrit va b.da) hamda dori yuboriş va h.k.da foydalaniladi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ПУНКЦИЯ (лот. punctio — санчиш) — даво ёки диагностика мақсадида организмдаги бирор бўшлиқ, томир дево-ри, паренхиматоз орган ва б.га шприц игнаси санчиш муолажаси. Диагностик П. бирор бўшлиқ (мас, плевра)даги суюқликни цитологик, биокимё-вий, бактериологик текшириш, шунингдек, йирик томирлар, орқа мия канали ва ҳ.к. босимини ўлчаш ёки бўшлиққа бирор модда юборишда қўлланади. Даво П.сидан кўпроқ организмдаги касал аъзодан патологик суюклик ёки ҳавони чиқариб ташлаш (мас, плеврит ва б.да) ҳамда дори юбориш ва ҳ.к.да фойдаланилади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.