Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Pyotr Kuzmiç Anoxin

    Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 537–538-b. — ziyouz.com

    Anoxin Pyotr Kuzmiç (1898.14.1, hoz. Volgograd — 1974.6.3, Moskva) — fiziolog, akad. (1966) va Meditsina fanlari akademiyasining haqiqiy a'zosi (1945). Ilmiy işlari neyrofiziologiya — şartli reflekslar va içki tormozlaniş mexanizmi, nerv sistemasi ontogenezi va b. masalalarga oid. Organizmni bir butun holda örganib, şu asosda funksional sistemalar nazariyasini (1935) kaşf etgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    АНОХИН Пётр Кузьмич (1898.14.1, ҳоз. Волгоград — 1974.6.3, Москва) — физиолог, акад. (1966) ва Медицина фанлари академиясининг ҳақиқий аъзоси (1945). Илмий ишлари нейрофизиология — шартли рефлекслар ва ички тормозланиш механизми, нерв системаси онтогенези ва б. масалаларга оид. Организмни бир бутун ҳолда ўрганиб, шу асосда функционал системалар назариясини (1935) кашф этган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.