Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qağanoq

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 111-b. — ziyouz.com

    Qağanoq — yangi tuqqan qöyning dastlabki 3—4 kunlik sutidan tayyorlanadigan mahsulot. Soğib olingan sut sust olovda tuz va sedana solib qaynatiladi. Q.qa guruç, oqşoq qöşiş ham mumkin. Q.ni sovitib iste'mol qilinadi. Tarkibida yoğ va oqsil, fiziologik faol moddalar köpligi va töyimliligi bilan boşqa sut mahsulotlaridan farq qiladi. Sovigan Q. yumşoq pişloq kabi qotadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚАҒАНОҚ — янги туққан қўйнинг дастлабки 3—4 кунлик сутидан тайёрланадиган маҳсулот. Соғиб олинган сут суст оловда туз ва седана солиб қайнатилади. Қ.қа гуруч, оқшоқ қўшиш ҳам мумкин. Қ.ни совитиб истеъмол қилинади. Таркибида ёғ ва оқсил, физиологик фаол моддалар кўплиги ва тўйимлилиги билан бошқа сут маҳсулотларидан фарқ қилади. Совиган Қ. юмшоқ пишлоқ каби қотади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.