Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qalandarxona masjidi

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 33-b. — ziyouz.com

    Qalandarxona masjidi — Samarqand viloyati (Kattaqörğon hududi) dagi me'moriy yodgorlik (1909— 10). Nurilla Maxsum rahbarligida qurilgan. Masjid xonaqoh, ayvon, boş tarzi oldidagi katta hovuz va minoradan iborat. Xonaqoh murabba tarhli, tört ustunli; 9 bölakka bölinib markaziy qismiga hovuzak işlangan şifti va ustunlari serhaşam bezatilgan. Ayvon şiftidagi naqşlar hamda murakkab muqarnasli hovuzaklar jozibador; minora ğiştlari mavj usulida terilib, bezagida kök va havo rang koşinlardan foydalanilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚАЛАНДАРХОНА МАСЖИДИ — Самарқанд вилояти (Каттақўрғон ҳудуди) даги меъморий ёдгорлик (1909— 10). Нурилла Махсум раҳбарлигида қурилган. Масжид хонақоҳ, айвон, бош тарзи олдидаги катта ҳовуз ва минорадан иборат. Хонақоҳ мурабба тарҳли, тўрт устунли; 9 бўлакка бўлиниб марказий қисмига ҳовузак ишланган шифти ва устунлари серҳашам безатилган. Айвон шифтидаги нақшлар ҳамда мураккаб муқарнасли ҳовузаклар жозибадор; минора ғиштлари мавж усулида терилиб, безагида кўк ва ҳаво ранг кошинлардан фойдаланилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.