Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qaraimlar

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 63-b. — ziyouz.com

    Qaraimlar (özlarini qaraylar deb ataşadi; yahudiyça qaraim — öqiydigan) — 1) Ukraina (asosan, Qrimda, 1,4 ming kişi), Litva (taxm. 300 kişi) va Rossiyada (Moskva va Sankt-Peterburgda taxm. 700 kişi) yaşovçi xalq. Umumiy soni sobiq Ittifoq davlatlarida 2,6 ming kişidan ziyod (1990- y.lar örtalari). Polşa, Fransiya va Isroilda ham yaşaydilar. Qaraim tilida sözlaşadi. Dindorlari qaraimiylikka siğinadi; 2) iudaizm (yahudiylik)da (8-asrda) paydo bölgan sekta izdoşlari, asosan, Isroilda yaşaydi. Ular faqat Qadimiy ahdni muqaddas kitob deb e'tirof etadilar.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚАРАИМЛАР (ўзларини қарайлар деб аташади; яҳудийча қараим — ўқийдиган) — 1) Украина (асосан, Қримда, 1,4 минг киши), Литва (тахм. 300 киши) ва Россияда (Москва ва Санкт-Петербургда тахм. 700 киши) яшовчи халқ. Умумий сони собиқ Иттифоқ давлатларида 2,6 минг кишидан зиёд (1990- й.лар ўрталари). Польша, Франция ва Исроилда ҳам яшайдилар. Қараим тилида сўзлашади. Диндорлари қараимийликка сиғинади; 2) иудаизм (яҳудийлик)да (8-асрда) пайдо бўлган секта издошлари, асосан, Исроилда яшайди. Улар фақат Қадимий аҳдни муқаддас китоб деб эътироф этадилар.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.