Qarorgoh
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 72-b. — ziyouz.com
Qarorgoh — 1) toş va jez davrlarida yaşagan odamlarning turar joyi. Manzilgoh, mavze, makondan farq qiladi; 2) harbiy boşliq (sarkarda) ning jang paytidagi safar çodirining nomi; 3) vaqtinça istiqomat qiliş yoki qöniş joyi (mas, çöponlar qarorgohi); 4) davlat idorasi, davlat boşliği yoki biror davlat arbobining doimiy yoki vaqtinça turar joyi, saroyi, rezidensiyasi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ҚАРОРГОҲ — 1) тош ва жез даврларида яшаган одамларнинг турар жойи. Манзилгоҳ, мавзе, макондан фарқ қилади; 2) ҳарбий бошлиқ (саркарда) нинг жанг пайтидаги сафар чодирининг номи; 3) вақтинча истиқомат қилиш ёки қўниш жойи (мас, чўпонлар қароргоҳи); 4) давлат идораси, давлат бошлиғи ёки бирор давлат арбобининг доимий ёки вақтинча турар жойи, саройи, резиденцияси.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.