Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qarşi namozgohi

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 76-b. — ziyouz.com

    Qarşi namozgohi QARŞI NAMOZGOHI, Kök gumbaz — Qarşi şahridagi me'moriy yodgorlik (1590—91). Xonaqoh peştoqgumbazli (qöş gumbazning taşqi gumbazi qulab tuşgan), peştoqning ikki yonida simmetrik 4 tadan joylaşgan xonalar balxi gumbazli. Boş tarzidagi peştoq koşinlar bilan bezatilgan, kitobalariga Qur'on oyatlari bitilgan; Abdullaxon nomi va sanasi zikr etilgan yozuvlar saqlangan. Bino oldi tomonidan namozxonlar uçun maydon ajratilgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚАРШИ НАМОЗГОҲИ, Кўк гумбаз — Қарши шаҳридаги меъморий ёдгорлик (1590—91). Хонақоҳ пештоқгумбазли (қўш гумбазнинг ташқи гумбази қулаб тушган), пештоқнинг икки ёнида симметрик 4 тадан жойлашган хоналар балхи гумбазли. Бош тарзидаги пештоқ кошинлар билан безатилган, китобаларига Қуръон оятлари битилган; Абдуллахон номи ва санаси зикр этилган ёзувлар сақланган. Бино олди томонидан намозхонлар учун майдон ажратилган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.