Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qaşqaldoq

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 105-b. — ziyouz.com

    Qaşqaldoq — turnasimonlar turkumi suvmoşaklar oilasiga mansub quş. Tanasi 40 sm ça. Q. yaxşi suzadi va şönğiydi. Yevropa, Osiyo, Şim. Afrika va Avstraliyada; Rossiyaning örta va jan. mintaqalarida tarqalgan. Örta Osiyo va Qozoğistonda ham uçraydi. Muzlamaydigan suv havzalarida qişlaydi. Uyasinidaryo, köl va dengiz qirğoqlaridagi ösimliklar orasiga yasaydi. 6—15 ta tuxum qöyadi; tuxumni bosişda nari ham qatnaşadi. Bolasi tuxumdan 21 — 24 kunda çiqadi. Suv ösimliklari, haşarotlar va boşqalar bilan oziqlanadi. Göşti mazali. Ovlanadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚАШҚАЛДОҚ — турнасимонлар туркуми сувмошаклар оиласига мансуб қуш. Танаси 40 см ча. Қ. яхши сузади ва шўнғийди. Европа, Осиё, Шим. Африка ва Австралияда; Россиянинг ўрта ва жан. минтақаларида тарқалган. Ўрта Осиё ва Қозоғистонда ҳам учрайди. Музламайдиган сув ҳавзаларида қишлайди. Уясинидарё, кўл ва денгиз қирғоқларидаги ўсимликлар орасига ясайди. 6—15 та тухум қўяди; тухумни босишда нари ҳам қатнашади. Боласи тухумдан 21 — 24 кунда чиқади. Сув ўсимликлари, ҳашаротлар ва бошқалар билан озиқланади. Гўшти мазали. Овланади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.