Qaviq
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 5-b. — ziyouz.com
Qaviq — çok turi; qaviladigan buyumlar (tön, döppi, körpa, körpaça va boşqalar)ning ikki tomoniga ötkazib tikiladi. Asosan, avraastarli (ba'zan içiga paxta solingan) buyumlarda qöllanadi. Sidirğa, gulsiz matolardan tayyorlangan buyumlarda Q.ning gul, turli şakllar hosil qilib bajarilişi gulli Q. deb ataladi, bunday Q. buyumga jozibadorlik baxş etadi.
Asl matn (kirill, PDF'dagidek)
ҚАВИҚ — чок тури; қавиладиган буюмлар (тўн, дўппи, кўрпа, кўрпача ва бошқалар)нинг икки томонига ўтказиб тикилади. Асосан, авраастарли (баъзан ичига пахта солинган) буюмларда қўлланади. Сидирға, гулсиз матолардан тайёрланган буюмларда Қ.нинг гул, турли шакллар ҳосил қилиб бажарилиши гулли Қ. деб аталади, бундай Қ. буюмга жозибадорлик бахш этади.
Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.