Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qidirboy Soipov

    Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 495–496-b. — ziyouz.com

    Soipov Qidirboy (1939.10.9, Qoraqalpoğistonning Çimboy tumani — 1972.28.10, Nukus) — teatr rassomi, Qoraqalpoğistonda (1965) va Özbekistonda (1969) xizmat körsatgan san'at arbobi. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1957). Qoraqalpoğiston teatrida rassom, boş rassom (1958—72). S. yaratgan dekoratsiya eskizlarida spektakllarning davr ruhini berişga intildi, asar ruhiga mos sahna bezaklari yaratdi: «Baxt» (1957), «Berdaq» (1958), «Oygul va Obod» (1959), «Qoraqalpoq qizi» (1967), «Mamanbiy» (1971) va b. S, şuningdek, portret («Zauraning portreta», 1967) va manzaralar («Amudaryoda oqşom», 1963) ham yaratgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoğiston Davlat mukofoti laureati (1970).

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    СОИПОВ Қидирбой (1939.10.9, Қорақалпоғистоннинг Чимбой тумани — 1972.28.10, Нукус) — театр рассоми, Қорақалпоғистонда (1965) ва Ўзбекистонда (1969) хизмат кўрсатган санъат арбоби. Беньков номидаги Республика рассомлик билим юртини тугатган (1957). Қорақалпоғистон театрида рассом, бош рассом (1958—72). С. яратган декорация эскизларида спектаклларнинг давр руҳини беришга интилди, асар руҳига мос саҳна безаклари яратди: «Бахт» (1957), «Бердақ» (1958), «Ойгул ва Обод» (1959), «Қорақалпоқ қизи» (1967), «Маманбий» (1971) ва б. С, шунингдек, портрет («Зауранинг портрета», 1967) ва манзаралар («Амударёда оқшом», 1963) ҳам яратган. Бердақ номидаги Қорақалпоғистон Давлат мукофоти лауреати (1970).

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.