Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qiroliça mod yeri

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 154-b. — ziyouz.com

    Qiroliça mod yeri - Şarqiy Antarktidaning 20° ğ.u. va 45° şq.u.lar oraliğidagi qismi. Şim.dan Lazarev, Riserlarsen va Kosmonavtlar dengizlari örab turadi. Yer yuzasi 3500 m qalinlikdagi muz bilan qoplangan. Sohilböyi qismida bal. 3000 m va undan yuqori bölgan alohida toğ çöqqilari uçraydi. Rossiya, Germaniya, Hindiston, JAR, Yaponiya davlatlarining ilmiy st-yalari işlab turibdi. 1930 y.da norveglarning Riserlarsen ekspeditsiyasi tomonidan kaşf qilingan va Norvegiya qiroliçasi nomi bilan atalgan.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚИРОЛИЧА МОД ЕРИ - Шарқий Антарктиданинг 20° ғ.у. ва 45° шқ.у.лар оралиғидаги қисми. Шим.дан Лазарев, Рисерларсен ва Космонавтлар денгизлари ўраб туради. Ер юзаси 3500 м қалинликдаги муз билан қопланган. Соҳилбўйи қисмида бал. 3000 м ва ундан юқори бўлган алоҳида тоғ чўққилари учрайди. Россия, Германия, Ҳиндистон, ЖАР, Япония давлатларининг илмий ст-ялари ишлаб турибди. 1930 й.да норвегларнинг Рисерларсен экспедицияси томонидан кашф қилинган ва Норвегия қироличаси номи билан аталган.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.