Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qisqa tutaşuv

    Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 170–171-b. — ziyouz.com

    Qisqa tutaşuv — elektr zanjiri ötkazgiçlarida hosil böladigan zararli elektr kontakti; özgaruvçan tok tarmoğida fazalarning Yer bilan tutaşuvi natijasida (1 fazali), özgarmas tok tarmoğida qutblar orasida yoki qutb bilan Yer orasida sodir böladi. Q.t. elektr qurilmalar ötkazgiçlarining yaxşi izolyatsiyalanmaganligidan, tok zanjirida elektr tokining haddan taşqari ortib ketişidan kelib çiqadi va elektr qurilmalarining buzilişiga olib keladi. Q.t. reley muhofazasi yoki oson eruvçan saqlagiçlardan foydalanib bartaraf qilinadi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚИСҚА ТУТАШУВ — электр занжири ўтказгичларида ҳосил бўладиган зарарли электр контакти; ўзгарувчан ток тармоғида фазаларнинг Ер билан туташуви натижасида (1 фазали), ўзгармас ток тармоғида қутблар орасида ёки қутб билан Ер орасида содир бўлади. Қ.т. электр қурилмалар ўтказгичларининг яхши изоляцияланмаганлигидан, ток занжирида электр токининг ҳаддан ташқари ортиб кетишидан келиб чиқади ва электр қурилмаларининг бузилишига олиб келади. Қ.т. релей муҳофазаси ёки осон эрувчан сақлагичлардан фойдаланиб бартараф қилинади.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.