Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qiyoq

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 120-b. — ziyouz.com

    Qiyoq (qad. turkiyça — qiya, egri), qil qiyoq — Köbizga yaqin qirğiz torlikamonli musiqa çolğusi. Çömiçsimon kosaxonasi, sal egilgan dastasi, ot qilidan çiyra tilmasdan tortilgan 2 tori mavjud. Kosaxonaning pastki qismi teri bilan qoplanadi. Umumiy uz. 60—70 sm. Q.da xalq qöşiqlari va doston kuylariga asoslangan asarlar hamda dasturli kuylar ijro etiladi. U, şuningdek, qirğiz oqin dostonçilariga jörnavoz soz vazifasini ham bajaradi.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚИЁҚ (қад. туркийча — қия, эгри), қил қиёқ — Кўбизга яқин қирғиз торликамонли мусиқа чолғуси. Чўмичсимон косахонаси, сал эгилган дастаси, от қилидан чийра тилмасдан тортилган 2 тори мавжуд. Косахонанинг пастки қисми тери билан қопланади. Умумий уз. 60—70 см. Қ.да халқ қўшиқлари ва достон куйларига асосланган асарлар ҳамда дастурли куйлар ижро этилади. У, шунингдек, қирғиз оқин достончиларига жўрнавоз соз вазифасини ҳам бажаради.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.