Asosiy mazmunga ötiş
Qidiriş…Ctrl K

    Şrift ölçami

    Qiyosiy-tarixiy tilşunoslik

    Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 117–120-b. — ziyouz.com

    Qiyosiy-tarixiy tilşunoslik QIYOSIY-TARIXIY TILŞUNOSLIK, qiyosiy tilşunoslik, komparativistika — tilşunoslikning qarindoş tillarni, ya'ni genetik jihatdan özaro boğliq tillarni örganuvçi, ular örtasidagi munosabatlarni aniqlovçi hamda ularning zamon va makon böyiça tadrijiy taraqqiyotini tavsiflovçi sohasi; til oilalarining, şu tizimlardagi ayrim tillar va elementlarning kelib çiqişini aniqlaş, jumladan, tillar örtasidagi genetik qarindoşlikni — ularning yagona bir manba (bobo til)dan kelib çiqqanligini aniqlaş (tillarning genealogik tasnifi) ham Q.t.t.ning maqsadlari doirasiga kiradi. Q.t.t. tillar tarixini qayta tiklaş (rekonstruksiya qiliş) da asosiy tadqiqot vositasi sifatida kiyosiytarixiy metoddai foydalanadi; tadqiqotning eng umumiy şakli — (eng avvalo fonetikani qamrab oladigan) qiyosiy-tarixiy grammatikalar va (leksikani namoyon etuvçi) etimologik luğatlar tuzişdan iborat. Q.t.t. tavsifiy yoki sinxronik tilşunoslik, meyoriy va umumiy tilşunoslikka qarşi turib, ularni inkor etadi; şu bilan birga, u bir qança masalalarda tavsifiy tilşunoslik bilan ham, umumiy tilşunoslik bilan ham özaro aloqada, boğliqliqda böladi.

    Q.t.t.da qöllanuvçi qiyosiytarixiy metodning asosiy tadqiqot usullari quyidagilardir: 1) taşqi (qiyosiy) rekonstruksiya (tor ma'nodagi qiyosiytarixiy metod) — qarindoş tillardagi genetik jihatdan teng, öxşaş söz va morfemalarni qidirib topiş va bobo tildagi izçil tovuş özgarişlarining qarindoş tillardagi natijalarini aniqlaş; bobo tilning taxminiyfaraziy modelini yaratiş va keyinçalik undan kelib çiqqan avlod tillarning aniq morfemalarini tiklaş qoidalarini tuziş; taqqoslanayotgan tillar örtasidagi mosliklar tizimini (fonetika, morfologiya, sintaksis, leksika, frazeologiyada) aniqlaş va şu asosda tillarning qarindoşligini belgilaş vab.;2)içki rekonstruksiya — ayrim olingan bir til tizimida uşbu til tarixining ança ilk bosqiçlarida ba'zi bir elementlarning mavjud bölganligi haqida aniq guvohlik beruvçi hodisalar va özaro munosabatlarni aniqlaş; ayrim bir tildagi eng qadimiy şakllar bilan eng yangi şakllarni özaro taqqoslaş; 3) özlaşma (rekonstruksiya qilinayotgan tillarga özlaşgan yoki şu tillardan boşqa tillarga özlaştirilgan) sözlar tahlilidan ma'lumotlar çiqarib oliş; 4) toponimika materiallaridan ma'lumotlar çiqarib oliş va boşqalar Amalga oşirilgan rekonstruksiyalar til tizimining barça tomonlarini: fonologiya, morfonologiya, morfologiya, leksika, qisman sintaksisni qamrab oladi. Biroq uşbu rekonstruksiyalarni tarixan aniq bir bobo til bilan bevosita tenglaştirib bölmaydi, ular tarixiy haqiqat bölmiş bobo til haqidagi mavjud ma'lumotlarni modellaştiradi, xolos; uşbu ma'lumotlar ba'zi obyektiv sabablarga köra barça avlod tillarda yöqolib ketgan morfemalar hamda fonemaviy ziddiyatlarni aniq rekonstruksiya qiliş imkoniyati yöqligidan, muqarrar ravişda töliq, mukammal böla olmaydi; bir qator rekonstruksiyalar taxminiyfaraziy holatda böladi.

    Tillarni tarixiy taraqqiyotsiz qiyoslaş, tarixiy qiyoslaşdan farqli ravişda, qarindoş va noqarindoş tillarni çoğiştiriş deb atalib, u avvaldan Yevropaning antik davrida (yunon va lotin tillarini çoğiştiriş), qadimiy Hindistonda (sankrit bilan prakritlarni — örta hind tillarni çoğiştiriş), 11—12-asrlar Şarq tilşunosligida (M.Koşğariy va M.Zamaxşariy luğatlarida qarindoş va noqarindoş tillar luğaviy birliklarning çoğiştirilişi) mavjud bölgan. Çoğiştirma tilşunoslik 17—18-asrlarda Yevropadagi va dunyoning boşqa mintaqalaridagi turlituman qarindoş tillar böyiça tadqiqot materiallarining töplana borişi bilan yanada rivojlanadi va Q.t.t.ning paydo bölişiga zamin hozirlaydi.

    Q.t.t.ning, eng avvalo, uning mağzi bölmiş qiyosiytarixiy grammatikaning paydo bölişini odatda 18-asr oxirida yevropalik tilşunoslarning sanskrit bilan tanişuvlariga boğliq deb hisoblaydilar [mas, nemis olimi F.Şlegelning «Hindlarning tili va donoligi» (1808) asari, ingliz olimi U. Jounzning sanskrit bilan «klassik tillar» (yunon va lotin) orasida qarindoşlik borligi haqidagi fikrlari va boşqalar]. Lekin Qt.t.ka asos soluvçi asarlar 19-asrning 1-çoragida maydonga keldi. Nemis tilşunosi F.Boppning «Sanskrit tilining tuslaniş tizimi haqida va uni yunon, lotin, fors va german tillaridagi tuslaniş tizimiga qiyoslaş» (1816) va 3 jildli «Sanskrit, zand (avesto), arman, yunonlotin, litva, eski slavyan, got va nemis tillarining qiyosiy grammatikasi» (1833—52) asarlari hamda daniyalik olim R.K.Raskning «Qad. şimol tili sohasidagi tadqiqot yoki island tilining kelib çiqişi» (1818) asari qiyosiy tilşunoslik sohasidagi dastlabki jiddiy tadqiqotlardir. Şuni aytiş kerakki, F.Bopp va R.K.Rask bir-birlarining tadqiqotlaridan bexabar holda, mustaqil ravişda qiyosiy tilşunoslikka asos soladilar. Nemis tilşunosi Ya.Grimm esa özining 4 jildli «Nemis grammatikasi» (1819—37) va 2 jildli «Nemis tili tarixi» (1848) asarlari bilan Q.t.t.ka ma'lum hissa qöşib, tilşunoslik metodologiyasiga tarixiylik tuşunçasini kiritadi. Rus tilşunosi A.X. Vostokov özining «Slavyan tili haqida mulohazalar» (1820), 2 jildli «Çerkovslavyan tili luğati» (1858—61) bilan, çex tilşunosi yilDobrovskiy esa «Qad. slavyan tili grammatikasi» (1822) va boşqalar asarlari bilan Q.t.t.ning slavyanşunoslik tarmoğini asoslab, uni rivojlantirdilar. Şunday qilib, F. Bopp, R.K .Rask, Ya.Grimm, A.X.Vostokovlar Q.t.t. va bu tilşunoslikning ilmiy tekşiriş metodi bölgan qiyosiytarixiy metodp. asos soldilar. Grimm va nemis olimi A.Pott esa Q.t.t. ning asosi bölgan qiyosiytarixiy fonetikani fan sifatida amaliyotga kiritdilar. Bobo tilni rekonstruksiya qiliş yölidagi dastlabki jiddiy urinişlar 19-asr örtalarida nemis olimi AŞleyxer tomonidan amalga oşirilgan. Tillarning yozuvgaça bölgan tarixi materiallarini, eng avvalo fonemalarni, dalillar asosida rekonstruksiya qilişning aniq metodikasi (daniyalik K.Vernerning, nemis olimi K.Brugman boşçiligidagi «yoş grammatikaçilar»ning, F.de Sossyur va boşqalarlarning asarlarida) 19-asrning sönggi çoragida işlab çiqilgan; uşbu metodika hozirgi Q.t.t.ning xdm asosi hisoblanadi. Qt.t.ning yangi bosqiçi A. Meye, fransuz olimi A.Benvenist, daniyalik X.Pedersen, polyak olimi Ye. Kuriloviç, italiyalik V.Pizani, rus olimlari A.V.Beletskiy, A.V.Desnitskaya, V.M.IlliçSvitiç va boşqalarning nomlari bilan boğliq. Q.t.t. fani Hindistondan Yevropagaça bölgan özaro qarindoş tillarni qiyoslaş va eng qadimiy şakllarni tiklaşga uriniş asosida yaratilganligi uçun ba'zan hindevropa tilşunosligi deb ham atalgan.

    Hindevropa tillari qarindoşligini örganiş va german tillarini tadqiq qilişdan taşqari 19-asrning 2-yarmidan boşlab slavyanşunoslik, boltiqşunoslik, romanşunoslik (romanistika), eronşunoslik, keltşunoslik, hindşunoslik, somşunoslik (semitologiya) ham Q.t.t.ning keng rivojlangan sohalari hisoblanadi. 20-asrning 1-yarmida mazkur sohalar bilan bir qatorda hindevropa tillarining boşqa guruhlarini qiyosiytarixiy örganiş, ural tilşunosligi (ayniqsa finugorşunoslik), turkiyşunoslik, möğulşunoslik ham keng rivojlandi. Qiyosiytarixiy jihatdan muvofiqligi örganilayotgan tillar doirasi kengayib bormoqda (tungusmanjur, dravid, kartvel, xitoytibet, avstronez tillari, Afrikadagi somhom tillari, bantu tillari, indeys tillarining bir qança guruhlari va boşqalar). Uzoq qarindoş tillarni (nostratik tillar, Amerika, Afrika, Okeaniyadagi tillarning makrooilalarini) örganiş rivojlanmoqda. Q.t.t. böyiça tadqiqotlarning natijalari tillarning genealogik tasnifiga asos bölib, etimologiya va lingvistik paleontologiyaning ilmiy poydevori hisoblanadi; tarixçilar uçun esa xalkdar etnogenezi, ularning yozuvga qadar bölgan tarixi, qadimiy xalklar madaniyati va özaro aloqalari haqidagi lingvistik ma'lumotlardan foydalaniş imkonini beradi.

    Q.t.t. 19-asr — 20-asr boşlarida, asosan, Germaniya, AvstroVengriya va Skandinaviya mamlakatlarida rivojlangan bölsa, keyingi paytlarda bu tilşunoslik Rossiya (SSSR), AQŞ, Ğarbiy Yevropa, Finlyandiya, Şvetsiya, Vengriya, Yaponiya, Hindiston va boşqalar mamlakatlarda ham taraqqiy etmoqda. Turkiyzabon davlatlarda ham Q.t.t.ka qiziqiş kuçayib bormoqda, qarindoş va noqarindoş tillarni özaro qiyosiy örganişga, luğaviy, morfologik birliklarning tarixiy şakllarini aniqlaşga e'tibor berilmoqda. Xususan, Özbekistonda özbekqoraqalpoq, özbekturkman, özbekqozoq, özbektojik, özbekrus tillarini, Qozoğistonda qozoqözbek, qozoqmöğul tillarini qiyosiy örganiş böyiça muayyan izlanişlar olib borilgan.

    Ad.: Tomsen V., Istoriya yazmkoznaniya do konsa XIX veka, M., 1938; Meye A., Vvedeniye v sravnitelnoye izuçeniye indoyevropeyskix yaznkov, 3 izd., per. s frann., M. — L., 1938; Desnitskaya A.V., Voprosm izuçeniya rodstva indoyevropeyskix yazskov, M. — L., 1955; Voprosn metodiki sravnitelnoistoriçeskogo izuçeniya indoyevropeyskix yazjov, M., 1956; Georgiyev V.I., Issledovaniya po sravnitelnoistoriçeskomu yaznkoznaniyu, M., 1958;. Paul G., Prinsipn istorii yazmka, per. s nem., M., 1960; Loya Ya.V., Istoriya lingvistiçeskix uçeniy, M., 1968; Usmonov S, Umumiy tilşunoslik, T., 1972; IlliçSvitnç V.M., Opnt sravneniya nostratiçeskix yaznkov, t. 1— 3, M., 197184; Semereni O., Vvedeniye v sravnitelnoye yaznkoznaniye, per. s nem., M., 1980; Sravnitelnoistoriçeskoye izuçeniye yazjov raznnx semey. Sovremennoye sostoyaniye i problemn, M., 1981.

    Abduvahob Madvaliyev, Gavhar Töxliyeva.

    Asl matn (kirill, PDF'dagidek)

    ҚИЁСИЙ-ТАРИХИЙ ТИЛШУНОСЛИК, қиёсий тилшунослик, компаративистика — тилшуносликнинг қариндош тилларни, яъни генетик жиҳатдан ўзаро боғлиқ тилларни ўрганувчи, улар ўртасидаги муносабатларни аниқловчи ҳамда уларнинг замон ва макон бўйича тадрижий тараққиётини тавсифловчи соҳаси; тил оилаларининг, шу тизимлардаги айрим тиллар ва элементларнинг келиб чиқишини аниқлаш, жумладан, тиллар ўртасидаги генетик қариндошликни — уларнинг ягона бир манба (бобо тил)дан келиб чиққанлигини аниқлаш (тилларнинг генеалогик таснифи) ҳам Қ.т.т.нинг мақсадлари доирасига киради. Қ.т.т. тиллар тарихини қайта тиклаш (реконструкция қилиш) да асосий тадқиқот воситаси сифатида киёсийтарихий методдаи фойдаланади; тадқиқотнинг энг умумий шакли — (энг аввало фонетикани қамраб оладиган) қиёсий-тарихий грамматикалар ва (лексикани намоён этувчи) этимологик луғатлар тузишдан иборат. Қ.т.т. тавсифий ёки синхроник тилшунослик, меъёрий ва умумий тилшуносликка қарши туриб, уларни инкор этади; шу билан бирга, у бир қанча масалаларда тавсифий тилшунослик билан ҳам, умумий тилшунослик билан ҳам ўзаро алоқада, боғлиқлиқда бўлади.

    Қ.т.т.да қўлланувчи қиёсийтарихий методнинг асосий тадқиқот усуллари қуйидагилардир: 1) ташқи (қиёсий) реконструкция (тор маънодаги қиёсийтарихий метод) — қариндош тиллардаги генетик жиҳатдан тенг, ўхшаш сўз ва морфемаларни қидириб топиш ва бобо тилдаги изчил товуш ўзгаришларининг қариндош тиллардаги натижаларини аниқлаш; бобо тилнинг тахминийфаразий моделини яратиш ва кейинчалик ундан келиб чиққан авлод тилларнинг аниқ морфемаларини тиклаш қоидаларини тузиш; таққосланаётган тиллар ўртасидаги мосликлар тизимини (фонетика, морфология, синтаксис, лексика, фразеологияда) аниқлаш ва шу асосда тилларнинг қариндошлигини белгилаш ваб.;2)ички реконструкция — айрим олинган бир тил тизимида ушбу тил тарихининг анча илк босқичларида баъзи бир элементларнинг мавжуд бўлганлиги ҳақида аниқ гувоҳлик берувчи ҳодисалар ва ўзаро муносабатларни аниқлаш; айрим бир тилдаги энг қадимий шакллар билан энг янги шаклларни ўзаро таққослаш; 3) ўзлашма (реконструкция қилинаётган тилларга ўзлашган ёки шу тиллардан бошқа тилларга ўзлаштирилган) сўзлар таҳлилидан маълумотлар чиқариб олиш; 4) топонимика материалларидан маълумотлар чиқариб олиш ва бошқалар Амалга оширилган реконструкциялар тил тизимининг барча томонларини: фонология, морфонология, морфология, лексика, қисман синтаксисни қамраб олади. Бироқ ушбу реконструкцияларни тарихан аниқ бир бобо тил билан бевосита тенглаштириб бўлмайди, улар тарихий ҳақиқат бўлмиш бобо тил ҳақидаги мавжуд маълумотларни моделлаштиради, холос; ушбу маълумотлар баъзи объектив сабабларга кўра барча авлод тилларда йўқолиб кетган морфемалар ҳамда фонемавий зиддиятларни аниқ реконструкция қилиш имконияти йўқлигидан, муқаррар равишда тўлиқ, мукаммал бўла олмайди; бир қатор реконструкциялар тахминийфаразий ҳолатда бўлади.

    Тилларни тарихий тараққиётсиз қиёслаш, тарихий қиёслашдан фарқли равишда, қариндош ва ноқариндош тилларни чоғиштириш деб аталиб, у аввалдан Европанинг антик даврида (юнон ва лотин тилларини чоғиштириш), қадимий Ҳиндистонда (санкрит билан пракритларни — ўрта ҳинд тилларни чоғиштириш), 11—12-асрлар Шарқ тилшунослигида (М.Кошғарий ва М.Замахшарий луғатларида қариндош ва ноқариндош тиллар луғавий бирликларнинг чоғиштирилиши) мавжуд бўлган. Чоғиштирма тилшунослик 17—18-асрларда Европадаги ва дунёнинг бошқа минтақаларидаги турлитуман қариндош тиллар бўйича тадқиқот материалларининг тўплана бориши билан янада ривожланади ва Қ.т.т.нинг пайдо бўлишига замин ҳозирлайди.

    Қ.т.т.нинг, энг аввало, унинг мағзи бўлмиш қиёсийтарихий грамматиканинг пайдо бўлишини одатда 18-аср охирида европалик тилшуносларнинг санскрит билан танишувларига боғлиқ деб ҳисоблайдилар [мас, немис олими Ф.Шлегелнинг «Ҳиндларнинг тили ва донолиги» (1808) асари, инглиз олими У. Жоунзнинг санскрит билан «классик тиллар» (юнон ва лотин) орасида қариндошлик борлиги ҳақидаги фикрлари ва бошқалар]. Лекин Қт.т.ка асос солувчи асарлар 19-асрнинг 1-чорагида майдонга келди. Немис тилшуноси Ф.Боппнинг «Санскрит тилининг тусланиш тизими ҳақида ва уни юнон, лотин, форс ва герман тилларидаги тусланиш тизимига қиёслаш» (1816) ва 3 жилдли «Санскрит, занд (авесто), арман, юнонлотин, литва, эски славян, гот ва немис тилларининг қиёсий грамматикаси» (1833—52) асарлари ҳамда даниялик олим Р.К.Раскнинг «Қад. шимол тили соҳасидаги тадқиқот ёки исланд тилининг келиб чиқиши» (1818) асари қиёсий тилшунослик соҳасидаги дастлабки жиддий тадқиқотлардир. Шуни айтиш керакки, Ф.Бопп ва Р.К.Раск бир-бирларининг тадқиқотларидан бехабар ҳолда, мустақил равишда қиёсий тилшуносликка асос соладилар. Немис тилшуноси Я.Гримм эса ўзининг 4 жилдли «Немис грамматикаси» (1819—37) ва 2 жилдли «Немис тили тарихи» (1848) асарлари билан Қ.т.т.ка маълум ҳисса қўшиб, тилшунослик методологиясига тарихийлик тушунчасини киритади. Рус тилшуноси А.Х. Востоков ўзининг «Славян тили ҳақида мулоҳазалар» (1820), 2 жилдли «Черковславян тили луғати» (1858—61) билан, чех тилшуноси йилДобровский эса «Қад. славян тили грамматикаси» (1822) ва бошқалар асарлари билан Қ.т.т.нинг славяншунослик тармоғини асослаб, уни ривожлантирдилар. Шундай қилиб, Ф. Бопп, Р.К .Раск, Я.Гримм, А.Х.Востоковлар Қ.т.т. ва бу тилшуносликнинг илмий текшириш методи бўлган қиёсийтарихий методп. асос солдилар. Гримм ва немис олими А.Потт эса Қ.т.т. нинг асоси бўлган қиёсийтарихий фонетикани фан сифатида амалиётга киритдилар. Бобо тилни реконструкция қилиш йўлидаги дастлабки жиддий уринишлар 19-аср ўрталарида немис олими АШлейхер томонидан амалга оширилган. Тилларнинг ёзувгача бўлган тарихи материалларини, энг аввало фонемаларни, далиллар асосида реконструкция қилишнинг аниқ методикаси (даниялик К.Вернернинг, немис олими К.Бругман бошчилигидаги «ёш грамматикачилар»нинг, Ф.де Соссюр ва бошқаларларнинг асарларида) 19-асрнинг сўнгги чорагида ишлаб чиқилган; ушбу методика ҳозирги Қ.т.т.нинг хдм асоси ҳисобланади. Қт.т.нинг янги босқичи А. Мейе, француз олими А.Бенвенист, даниялик Х.Педерсен, поляк олими Е. Курилович, италиялик В.Пизани, рус олимлари А.В.Белецкий, А.В.Десницкая, В.М.ИлличСвитич ва бошқаларнинг номлари билан боғлиқ. Қ.т.т. фани Ҳиндистондан Европагача бўлган ўзаро қариндош тилларни қиёслаш ва энг қадимий шаклларни тиклашга уриниш асосида яратилганлиги учун баъзан ҳиндевропа тилшунослиги деб ҳам аталган.

    Ҳиндевропа тиллари қариндошлигини ўрганиш ва герман тилларини тадқиқ қилишдан ташқари 19-асрнинг 2-ярмидан бошлаб славяншунослик, болтиқшунослик, романшунослик (романистика), эроншунослик, кельтшунослик, ҳиндшунослик, сомшунослик (семитология) ҳам Қ.т.т.нинг кенг ривожланган соҳалари ҳисобланади. 20-асрнинг 1-ярмида мазкур соҳалар билан бир қаторда ҳиндевропа тилларининг бошқа гуруҳларини қиёсийтарихий ўрганиш, урал тилшунослиги (айниқса финугоршунослик), туркийшунослик, мўғулшунослик ҳам кенг ривожланди. Қиёсийтарихий жиҳатдан мувофиқлиги ўрганилаётган тиллар доираси кенгайиб бормоқда (тунгусманжур, дравид, картвел, хитойтибет, австронез тиллари, Африкадаги сомҳом тиллари, банту тиллари, индейс тилларининг бир қанча гуруҳлари ва бошқалар). Узоқ қариндош тилларни (ностратик тиллар, Америка, Африка, Океаниядаги тилларнинг макрооилаларини) ўрганиш ривожланмоқда. Қ.т.т. бўйича тадқиқотларнинг натижалари тилларнинг генеалогик таснифига асос бўлиб, этимология ва лингвистик палеонтологиянинг илмий пойдевори ҳисобланади; тарихчилар учун эса халкдар этногенези, уларнинг ёзувга қадар бўлган тарихи, қадимий халклар маданияти ва ўзаро алоқалари ҳақидаги лингвистик маълумотлардан фойдаланиш имконини беради.

    Қ.т.т. 19-аср — 20-аср бошларида, асосан, Германия, АвстроВенгрия ва Скандинавия мамлакатларида ривожланган бўлса, кейинги пайтларда бу тилшунослик Россия (СССР), АҚШ, Ғарбий Европа, Финляндия, Швеция, Венгрия, Япония, Ҳиндистон ва бошқалар мамлакатларда ҳам тараққий этмоқда. Туркийзабон давлатларда ҳам Қ.т.т.ка қизиқиш кучайиб бормоқда, қариндош ва ноқариндош тилларни ўзаро қиёсий ўрганишга, луғавий, морфологик бирликларнинг тарихий шаклларини аниқлашга эътибор берилмоқда. Хусусан, Ўзбекистонда ўзбекқорақалпоқ, ўзбектуркман, ўзбекқозоқ, ўзбектожик, ўзбекрус тилларини, Қозоғистонда қозоқўзбек, қозоқмўғул тилларини қиёсий ўрганиш бўйича муайян изланишлар олиб борилган.

    Ад.: Томсен В., История язмкознания до конца XIX века, М., 1938; Мейе А., Введение в сравнительное изучение индоевропейских язнков, 3 изд., пер. с франн., М. — Л., 1938; Десницкая А.В., Вопросм изучения родства индоевропейских язцков, М. — Л., 1955; Вопросн методики сравнительноисторического изучения индоевропейских язьжов, М., 1956; Георгиев В.И., Исследования по сравнительноисторическому язнкознанию, М., 1958;. Пауль Г., Принципн истории язмка, пер. с нем., М., 1960; Лоя Я.В., История лингвистических учений, М., 1968; Усмонов С, Умумий тилшунослик, Т., 1972; ИлличСвитнч В.М., Опнт сравнения ностратических язнков, т. 1— 3, М., 197184; Семереньи О., Введение в сравнительное язнкознание, пер. с нем., М., 1980; Сравнительноисторическое изучение язьжов разннх семей. Современное состояние и проблемн, М., 1981.

    Абдуваҳоб Мадвалиев, Гавҳар Тўхлиева.

    Matn ÖzME'dan o'zgartirişsiz olingan, faqat yozuvi yangi alifboga o'girilgan. Qisqartmalar asl holida. Xato ko'rsangiz — xabar bering.